Abduhakim Mo‘minovich Hojiboyev O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisining o‘rinbosari lavozimiga saylandi. 13-noyabr kuni u yangi jamoa oldida tanishtirildi, deb “Gazeta.uz”ga tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.
U tayinlovga qadar 2020-yilning noyabr oyidan buyon sog‘liqni saqlash vaziri sifatida ishlab kelayotgandi. 11-noyabr kuni Sog‘liqni saqlash vazirligiga Behzod Musayev rahbar bo‘ldi.
Ma’lum qilinishicha, tibbiyot fanlari doktori, professor Abduhakim Hojiboyev o‘z faoliyatini oddiy jarrohlikdan boshlagan.
So‘nggi yigirma yil davomida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bosh direktori, Shoshilinch tibbiy yordam vrachlar assotsiatsiyasi raisi, sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari va uch marotaba sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
2003-yil “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saqlash xodimi” unvoni hamda 2020-yil “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlangan.
Izoh (0)