Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida noma’lum shaxs maktabdan qaytayotgan o‘quvchi qizni berk ko‘chaga olib kirishga uringani aks etgan video tarqaldi. Shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, ushbu holat 10-noyabr kuni soat 15:00 da Yashnobod tumani Farg‘ona yo‘li ko‘chasida sodir bo‘lgan. Mazkur fakt bo‘yicha Yashnobod tumani ichki ishlar organi faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi tomonidan tergov oldi tekshiruvlari olib borilmoqda.

Tekshiruv natijalariga ko‘ra qonuniy chora ko‘rilishi ma’lum qilingan. Ushbu holat Toshkent shahar IIBB rahbariyatining nazoratiga olingan.