Standard & Poor’s Global Ratings xalqaro reyting agentligi “O‘zsanoatqurilishbank”ning “BB-” reyting darajasini tasdiqlab, kredit reytingi prognozini “salbiy”dan “barqaror”ga oshirdi.
“Barqaror” prognoz bankning rezervlarni shakllantirishda qo‘shimcha muhim ehtiyojlar yoki kreditlashning haddan ziyod ortib ketishi bilan bog‘liq holda tavakkalchiliklar pasayishiga ko‘ra, kapitallashuvning adekvat ko‘rsatkichlarini saqlab qolishiga asoslanadi.
S&P Global Ratings tomonidan qayd etilishicha, 2024-yilda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan xususiylashtirish jarayonlariga tayyorgarlikka qaramasdan, kelgusi ikki yilda bank o‘zining mustahkam biznes pozitsiyasi hamda davlat bilan yaqin aloqalarini saqlab qoladi.
Pandemiya bilan bog‘liq iqtisodiy tahdidlar sharoitida “O‘zsanoatqurilishbank” kredit reytingi prognozining ko‘tarilishi moliya muassasasi biznesining samarali rivojlanayotgani, bank aktivlarining barqaror o‘sib borayotgani va yuqori sifatliligi, shu bilan birga faoliyatidagi samarali operatsion ko‘rsatkichlaridan dalolat beradi.
“‘O‘zsanoatqurilishbank’ reytinglari bo‘yicha ‘barqaror’ prognoz O‘zbekistonda kapitalning adekvat zaxiralari, aktivlar sifatining yaxshilanishi va mustahkam biznes pozitsiya bank kreditlash ko‘rsatkichlarini yaqin 12 oy ichida saqlab qolishini ta’minlaydi”, — deya xulosa qiladi Standard & Poor’s.
“O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekiston Respublikasining eng yirik va tizimli moliya muassasalaridan biridir. Bank aktivlari va kapitallarining hajmi depozit baza va daromad kabi asosiy moliyaviy ko‘rsatkichlar bo‘yicha yetakchi o‘rinlarni egallab kelmoqda. Bugungi kunda bank tizimida transformatsiyalash jarayonining so‘nggi bosqichini yakunlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Bu o‘z o‘rnida bankning moliyaviy ko‘rsatkichlari hamda operatsion samaradorlikning yuksalishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
“O‘zsanoatqurilishbank” o‘zining mamlakat moliya bozoridagi o‘rnini mustahkamlab, investorlik bazasini kengaytirib bormoqda.
Reklama huquqi asosida.