“Kapitalbank” ATB “Igor Savitskiy: rassom, kolleksioner, muzey asoschisi” kitobining nemis tilida nashr etilishiga ko‘maklashdi.
O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatini rivojlantirish va nemis tilida so‘zlashuvchi jamoatchilikning Nukus shahridagi san’at muzeyiga qiziqishini oshirish doirasida “Kapitalbank” Marinika Babanazarovaning kitobini nashr etish uchun ko‘maklashdi.
“Igor Savitskiy: rassom, kolleksioner, muzey asoschisi” kitobi sovet va rus avangard rassomlari kolleksiyasini to‘plab, Nukusda san’at muzeyiga asos solgan insonning hayoti va faoliyati haqida hikoya qiladi. Rus, ingliz, fransuz, italyan va endilikda nemis tillarida nashr etilgan kitob muallifi ham qiziqarlilik va ijodkorlikda undan qolishmaydigan shaxsdir. Marinika Babanazarova san’atshunos, Igor Vitalevich Savitskiyning vorisi, Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeyi faxriy direktori, afsonaviy asoschining tarjimayi holini qog‘ozga muhrlabgina qolmay, balki uning mehnatini xalqaro e’tirof darajasiga olib chiqdi. Uning qat’iy rahbarligi ostida kitob nafaqat nemis tiliga tarjima qilindi, balki to‘ldirildi ham. Sahifalarda qadimiy Xorazm manzaralari va arxeologik yodgorliklar paydo bo‘ldi, bu esa kelajakda O‘zbekistonga tashrif buyurishni xohlovchi sayyohlarning e’tiborini yanada tortadi.
“Kapitalbank”ning tashabbusi va moliyaviy ko‘magi tufayli “Igor Savitskiy: rassom, kolleksioner, muzey asoschisi” kitobining nemischa nusxasi dunyo yuzini ko‘rdi. Nashr etilgan adadning bir qismi Savitskiy muzeyiga bepul topshiriladi.
Reklama huquqi asosida.