Bavariya bosh vaziri Markus Zyoder o‘z Instagram sahifasida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov bilan tushgan suratini e’lon qildi.

Foto: Instagram / Markus Zyoder

Suratda germaniyalik mansabdor Aripovga Myunxenning “Bavariya” futbol klubi libosini taqdim etayotgani tasvirlangan.

“O‘zbekiston bosh vaziri va ‘Bavariya’ futbol klubi muxlisi Abdulla Aripov bilan uchrashuv. Bavariya va O‘zbekiston yaxshi aloqada. O‘zbekiston Germaniyaning ishonchli xalqaro hamkori hisoblanadi va Bundesverni Afg‘onistondan evakuatsiya qilishda yordam berdi”, — deyiladi Zyoderning surat ostida qoldirgan izohida.

Eslatib o‘tamiz, Afg‘oniston “Tolibon” nazorati ostiga o‘tgach, Bundesverning (Germaniya Qurolli kuchlari) bir nechta evakuatsiya samolyoti Toshkent orqali Germaniyaga yo‘l olgandi.