900 million dollar daromad keltirgan “Kalmar o‘yini” filmi Netflix tarixidagi eng mashhur loyiha hisoblanadi. Xvan Don-Xyokning rejissorligidagi mazkur loyihani 17 kun ichida 111 million obunachisi tomosha qilgan. Ammo ekran yuzini ko‘rganidan buyon dunyoning 90 davlatida eng mashhur loyihalar ro‘yxatiga yetakchilik qilganiga qaramay, ushbu serial ham kamchiliklardan holi emas.

Ikki ishtirokchida bir raqam

Foto: AdMe

Birinchi o‘yinda har biriga tartib raqami berilgan 456 nafar ishtirokchi qatnashadi. Bosh qahramonlarning raqamlari serial davomida chindan ham o‘zgarmaydi, ammo diqqat bilan kuzatilsa ikkinchi darajali qahramonlarga unchalik e’tibor berilmaganiga guvoh bo‘lish mumkin.

Foto: AdMe

Dastlab 061 raqami ayol ishtirokchiga tegishli bo‘lgan. Ammo suratda o‘yindan chiqib ketayotgan erkak ishtirokchida ham aynan shu raqam ekanini ko‘rish mumkin.

Ko‘rsatilgan ilk ma’lumotdan xulosa qilinsa, ishtirokchilardan birining yoshi yuzdan katta bo‘lishi kerak

Foto: AdMe

Beshinchi o‘yinda ishtirokchilar shisha ko‘prikni kesib o‘tishi kerak bo‘lgan. 17 raqamli o‘yinchi odam vaznini ko‘tara olmaydigan shishalarni boshqasidan ajrata olgan. Boshlovchi o‘yinchining ma’lumotlarini tekshirganda, uning shisha zavodida ishlagani ma’lum bo‘lgan. Reddit foydalanuvchilaridan biri ushbu sahnada yanglishish borligini payqagan.

Foto: AdMe

Ekrandagi ma’lumotda o‘yinchining 1897-yilda tug‘ilgani yozilgan. Bunday bo‘lsa, ishtirokchi o‘yin vaqti 124 yoshda bo‘lishi kerak. Ammo keyinchalik Netflix bu xatoga e’tibor bergan chog‘i, 1987 ga o‘zgartirib qo‘ygan.

Devordagi soyabon turli shaklda

Foto: AdMe

Ikkinchi o‘yinning boshlanishidan avval ishtirokchilar shakllar: dumaloq, uchburchak, yulduz va soyabondan birini tanlashi kerak bo‘ladi. So‘ngra ulardan tanlangan shaklni dalgona karameldan ajratib olishi so‘ralgan.

Foto: AdMe

Devordagi shunday shakllardan biri — soyabon turli ko‘ringan. Yuqoridagi foto buning isboti.

Sahnalardan birida Son Ki Xun ismli qahramon o‘zini ovqatlanayotgandek tutgan

3-qismda Ki Xun ovqatni sovib qolganidan shikoyat qiladi. Aynan shu sahnaga yaxshilab e’tibor berilsa, uning bo‘sh qoshiqni og‘ziga olib borayotganini ko‘rish mumkin.

Turli telefon

Foto: AdMe

So‘nggi qismda Ki Xun metroda qizi bilan Samsung S7 telefoni orqali gaplashadi. Aeroportda o‘tirganida esa qo‘lida Samsung S3 rusumli telefonni ko‘rish mumkin.

Xvan Chun Xoning telefon quvvati serial davomida tugamaydi

Foto: AdMe

Politsiya xodimiga qarashli telefon ko‘plab mem va hazillarga sabab bo‘lgan. Gap shundaki, oddiy smartfonlarning avtonom ishlash vaqti serialdagidan ancha farq qiladi. Haftada davomida ko‘rganlarini kadrga muhrlash va qayd qilish uchun Chun Xoning qo‘lidan telefon tushmaydi. Telefonining quvvati serial oxirigacha yetadi, lekin shu bilan birga qahramon uni qanday va qachon quvvatlagani tomoshabinlarga ko‘rsatilmaydi.

Tashrif qog‘ozlaridagi telefon raqami haqiqiy

Foto: AdMe

Pul topishga ishtiyoqmand kishilarga tashkilotchilar bilan telefon orqali bog‘lanish mumkinligi aytiladi. Ma’lum bo‘lishicha, tashrif qog‘ozida ko‘rsatilgan raqam haqiqiy va u Janubiy Koreyada istiqomat qiladigan ayolga tegishli. Serial ekran yuzini ko‘rganidan keyin ushbu raqamga ko‘plab qo‘ng‘iroq bo‘lgan va xabarlar yozilgan. Netflix vakillari ushbu anglashilmovchilikni bartaraf qilib, raqamni o‘zgartirishini bildirgan.

Kan Se Byok Shimoliy koreyscha talaffuz qiladi

Foto: AdMe

Koreys tilini bilmaydigan tomoshabinlar buni payqamasligi tabiiy. Reddit foydalanuvchilaridan birining ma’lum qilishicha, Se Byokning talaffuzi tug‘ilgan yurti Shimoliy Koreyaga tortadi. Uning qo‘shimcha qilishicha, Se Byok diskriminatsiya bo‘lmasligi uchun boshqa o‘yinchilar bilan Janubiy Koreyaliklardek gaplashadi. Shimoliy koreyscha talaffuzi faqat ukasi va vositachilar bilan gaplashganidagina seziladi.

Oltita o‘yinning hammasi o‘yinchilar xonasidagi devorda tasvirlangan

Foto: AdMe

O‘yinchilar ularni qanday o‘yin kutayotganini taxmin qilib, javob burnilaring ostida ekanini xayoliga ham keltirmagan. Aslida devordagi o‘yinlarning tasviri boshidanoq, karavotlar bilan yashirilgan.

Foto: AdMe

O‘yinchilar kamaygani sayin, ushbu surat yaqqolroq ko‘rina boshlagan.