“Kalmar o‘yini” serialida Ji Yon – 240-o‘yinchi rolini o‘ynagan aktrisa Li Yu Mi  067-o‘yinchiga g‘alabani boy berdi. Aktrisa Xellouin bayrami arafasida serialdagi mashhur qo‘g‘irchoq obrazini o‘zida sinab ko‘rdi.

Foto: YesAsia

Suratlarda u serialdagi katta qo‘g‘irchoq libosida suratga tushgan. Li Yu Mini to‘q sariq sarafan va sariq polo-ko‘ylakda ko‘rish mumkin. Aktrisa qo‘g‘irchoq obrazini sochiga taqilgan katta to‘g‘nog‘ich bilan to‘ldirgan.

An’anaviy koreys bolalar o‘yini nomi bilan atalgan “Kalmar o‘yini” to‘qqiz epizodli drama bo‘lib, unda 456 nafar ishtirokchi 45,6 milliard von mukofot jamg‘armasini qo‘lga kiritish uchun halokatli o‘yinlarda bellashadi.