• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12591.71
    • RUB160.18
    • EUR14821.7
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +42°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Avto

    Husan Botirov: “Yo‘l-transport hodisasini sodir etgan haydovchi uchun instruktorni jazolash mehnat qonunchiligiga zid emas”

    “Vatanparvar” tashkilotida o‘qigan haydovchi YTH sodir etsa, uni o‘qitgan instruktor jazoga tortiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti rahbari Husan Botirov “Daryo” muxbiri Musulmonbek Ibrohimovga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

    — Suhbatlarimizning birida yo‘l-transport hodisasini sodir etgan haydovchi “Vatanparvar” tashkiloti tarkibidagi avtomaktablarda o‘qigan bo‘lsa, o‘sha haydovchini o‘qitgan yo‘riqchiga nisbatan chora ko‘riladi va kerak bo‘lsa, ishdan olishgacha boriladi, degan fikrni aytgan edingiz. Bu mehnat qonunchiligiga qanchalik to‘g‘ri keladi?

    — O‘ylashimcha, agar mehnat qonunchiligiga tayanib bu masalaga yondashadigan bo‘lsak, zid bo‘lmaydi. Negaki, tashkilot aynan shu ish bilan shug‘ullanadi, tashkilotning faoliyati sifatini ko‘rsatib beradigan ish — malakali haydovchilarni tayyorlash. Malakasiz haydovchini tayyorlagan o‘qituvchi qayerda va kimga kerak? Men fikrimda qolaman. Faqat fikrimni to‘laroq bayon qilmoqchiman. Yo‘l-transport hodisalarining sababchisi hamisha ham haydovchi bo‘lmaydi, buni inkor eta olmaymiz. Diniy tomondan yondashsak, ba’zi bir hamyurtlarimiz “og‘aynilar, bu taqdirdan, Alloh peshonaga yozgani bo‘ladi”, deya munosabat bildiradi. Albatta, biz buni ham inkor etmaymiz. Faqat fikrim shundayki, qonun-qoidalarni bila turib, ularga amal qilmasdan, yo‘l-transport hodisasi kelib chiqishiga sababchi bo‘lgan haydovchi, agar “Vatanparvar” tashkilotida o‘qigan bo‘lsa, oqibatda inson o‘limi yoki mayib-majruh bo‘lib qolishiga shu haydovchi sababchi bo‘lsa, albatta, uni o‘qitgan, tayyorlagan o‘qituvchisi va avtomobil boshqaruv ustasidan so‘rov qilish mantiqan to‘g‘ri, deb o‘ylayman. YTH sodir etgan haydovchi ikki-uch yil avval o‘qigan bo‘lsa ham, unga javob berishi kerak.

    — Bu tizimni qanday yo‘lga qo‘ymoqchisiz?

    — Respublikadagi barcha yo‘l harakati xavfsizligi bo‘linmalari bilan ma’lumotlar almashinuv tizimini joriy etishni rejalashtiryapmiz. Agar YTH sabablari to‘g‘risida axborot olish imkoni yaratilsa, ishimiz yanada osonlashadi. Masalan, biror-bir aholi punktida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, shu YTH tahlili haqida avtomobil haydovchilarini tayyorlaydigan muassasalarga ma’lumot yuboriladi va u o‘sha avtomaktabda ko‘rib chiqiladi. Bunda tergov organi hodisa sodir etgan haydovchining mast holatda bo‘lgani, charchab uxlab qolgani yoki xasta bo‘lgani kabi sabablarini oydinlashtirib bersa, shunga qarab holatga o‘z munosabatimizni bildiramiz.

    — Shu vaqtga qadar “Vatanparvar” tashkilotida o‘qigan haydovchi YTH sodir etib, uni o‘qitgan instruktorga biror chora ko‘rildimi?

    — Internetda har qanday yo‘l-transport hodisasi haqidagi xabarni ko‘rganimda darrov tashkilot vakillari uchun yaratib qo‘ygan guruhimizga yuboraman. YTH sodir etilgan hududdagi mutasaddimiz darrov ichki ishlarga murojaat qilib, shu hodisaning sababchisi kim, haydovchi qayerda o‘qigan ekan, deb surishtiradi. Ochig‘ini aytaman, bugungi kungacha “Vatanparvar” tashkilotida o‘qib, yo‘l-transport hodisasining sababchisi bo‘lgan – o‘lim yoki og‘ir asoratlar bilan yakun topgan holatlar haqida ma’lumot hali bizga kelib tushgani yo‘q. Balki bordir, har qalay, hozircha qo‘limga unday ma’lumot olganim yo‘q.

    Avvalroq Husan Botirov pulga sotilayotgan “prava”lar haqidagi savolga javob berar ekan, kimdir ishi, o‘qishi yoki boshqa sabablarga bog‘liq holda avtomaktabda o‘qimay “Mana, sizga o‘sha o‘qishga ketadigan mablag‘, imtihondan o‘tkazib bersangiz bo‘ldi”, deb murojaat qiladiganlar borligini ta’kidlab o‘tgan edi. Shuningdek, u har qanday holatda ham yo‘l-transport hodisalarining asosiy sababchisi haydovchi ekanligini ta’kidlagandi.

    20.10.2021, 17:54   Izoh (0)   10388
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toyota vodorodda harakatlanuvchi o‘yinchoq Mirai’ni yasadi (video)

    20.10.2021, 14:11

    Video: Toyota Supra’sini tanasi bilan do‘ldan himoya qilayotgan haydovchi

    19.10.2021, 17:59

    Gucci va Hot Wheels birgalikda o‘yinchoq Cadillac’ni taqdim etdi

    18.10.2021, 21:58

    Ekspertlar qulay o‘rindiqlarga ega yangi avtomobillar nomini ma’lum qildi

    18.10.2021, 14:58

    Toshkentda Lacetti qayrilib olishga uringan Mercedes-Benz avtobusiga kelib urildi

    18.10.2021, 12:13

    Porsche 3D printerda o‘rindiqlar chop etishni boshladi

    16.10.2021, 14:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Diogu Jotaning o‘limi tafsilotlari ma’lum bo‘ldi

    Sport | 3 iyul, 14:39

    10 ming dollar talab qilingan: “Anorbank” rahbari Fransiyada o‘g‘irlab ketildi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 14:32

    Toshkentdagi bankdan 90 ming dollar o‘g‘irlandi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 14:10

    Marsning Yerdagi eng katta “bo‘lagi” auksionda 4 million dollarga sotiladi

    Dunyo | 3 iyul, 14:01

    Marko Asensio faoliyatini Turkiya chempionatida davom ettirishi mumkin

    Sport | 3 iyul, 13:55

    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?

    Reklama | 3 iyul, 12:00

    Tramp Vyetnam bilan savdo bitimi tuzilganini eʼlon qildi

    Dunyo | 3 iyul, 13:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.