• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Hoy, yer yutkur!

    1938-yilning 4-oktabri — nafaqat o‘zbek adabiyoti yo madaniyati, balki butun O‘zbekiston tarixidagi eng mash’um sanalardan biri. Shu kuni Toshkentda millat daholari — Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy va Abdulhamid Cho‘lpon otib tashlangan edi. “Daryo” ushbu uch ulug‘ mutafakkir xotirasiga hurmat ramzi sifatida ularning yillar o‘tsa-da o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan jurnalistik materiallarini butun oktabr oyi davomida har kuni qayta e’lon qilib boradi.

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Hoy, yer yutkur!

    Xotun-qizlarning baynalmilal kuniga bag‘ishlab

    Bu kun xotun-qizlarning baynalmilal bayram kunlari. Albatta, bu “mushtipar”larning ko‘ngillarini olmoq har bir belida belbog‘i bor bo‘lg‘an kishining vazifasidir. Biroq biz hayrondirmizki, qaysi yo‘sun bilan ularning ko‘ngillarini olish kerak? Biz bu nuqtani o‘bdan o‘ylab ko‘rdik. Ammo aqli qosirimizg‘a1 hech bir epaqalik gap kelmay, miyamiz qotdi.

    To‘g‘risini aytkanda (orada eshitkuchi yo‘qmi?), bu sochi uzun, aqli qisqa anav-manavlarga bayram qilishni kim qo‘yubdir?.. Tuzuk, xotun-qizlarning sochlari uzun, aqllari qisqa, bu haqiqat. Ammo o‘zlari Xudoyi taoloning shirin qilub yaratqan maxluqlaridandirki, bu gap ham to‘g‘ri. Binobarin, ularning o‘ynab-kulishlariga rozi bo‘lmag‘an odam xumsadir2. Biroq masalaning shu yeriga tushunolmaymizkim, bizning sochlik eshonlarimizga bir yil o‘n ikki oy bo‘lsa, shu o‘n ikki oyning hammasi ham ularning bayramidir. Bahor bo‘lsa, shulon3 qaynatg‘ali mozorg‘a chiqsalar, hayit kelsa yana ish yirik bo‘lsa, tug‘uriq chiqsa, yana bayram, to‘y bo‘lsa, beshik-belik, upa-elik, to‘y ustiga to‘y… Endi tag‘in nima kerak, bu yer yutkurlarga.

    Hukumatchilik bo‘lg‘andan keyin kishining tili qisiq bo‘lub, churq etalmas ekan… Yo‘qsa tunov kun… Xalq qozixonasida rech4 aytkan “Jujunay so‘fi” og‘amizning so‘zi nax bizning muddaomiz edi:

    Xotunlarg‘a huquq, deb xotun-qizlarimizni buzub yubordilar, bu kungacha huquqsiz yashay bilgan xotun-qizlar bundan keyin ham yashay oladirlar. Xotun-qizlarg‘a huquq olub berguchi ta‘viyaning keragi yo‘q! — dedi.

    Rechni biz, xaloyiq uzoq olqishladik, qozi afandi bo‘lsa ashad ta’sirotidan5 ho‘ngir-ho‘ngir yig‘ladi. Oradan bitta huquqchi chiqub: “Bul kishi xotunig‘a huquq berib og‘zi kuydi…” deb so‘zlay boshlag‘an edi, urub og‘zini dabdala qildiq. Agarda siz ham huquq tarafdori bo‘lsangiz, sasig‘an og‘izdan achig‘an so‘z chiqar deyarsiz, havola ba Xudo6. Ammo sirasini so‘zlab o‘tdik biz. Agarchandiki7, faqiringiz bu bayramg‘a betaraf qaraydir, shuning uchun betarafona kengashlar berishdan ham toymaydir:

    1. Inqilob to‘poloni bilan xotun-qizlarimizning paranjilari yangilab berilsun.

    2. Oshni qirmoch oldirg‘an uchun ham ba‘zi bir og‘a-inilar “hasm”larining8 changini qoqar ekanlarki, bu ish yaxshi emasdir. Ba’zi uncha-muncha ish uchun paxtasavar qilinmasun.

    Ixtor: 1. Bundan boshqa mavzularda masalan, so‘zingizni qaytarsa, ijozatsiz ko‘chaga chiqsa, mahsingizni tortmasa va shuningdek, gunohdar voqi’ bo‘lsa, shundog‘ uringki, badani unniqib, mo‘mataloqqa aylanguncha qo‘ymag‘aysiz.

    Ixtor: 2. Xotun-qizlarni uradirgan olat (mizrob) uch turlukdir: a) qamchi; ish vaqtida suvlab olinsa, xotun urish uchun bundan yaxshi olat yo‘qdir; b) musht va tarsak; v) oyoq; bu olat mazrubani yotquzub olg‘andag‘ina ishka yaraydir, ayniqsa, poshnasi baland etik bo‘lsa… o‘tkurrak qayinonalar kelin-kevatka hujum qilg‘anda o‘qlog‘i, o‘g‘uch kabi olatlarni iste’mol qiladirlarki, bu ham yaxshi usuldir.

    3. Xotuningizdan achchig‘lansangiz, uni faqat moshxo‘rdaga bog‘lab, o‘zingiz choyxona va oshxonalarda moyliq palovni tushuring. Xotun-qizg‘a odob berishda bul ham yaxshi usuldir (Ammo ba‘zi bir akalar xotunlarini umr bo‘yi moshxo‘rdaga bog‘lab, o‘zlari hamisha choyxonada qolur ekanlarki, ayniqsa, bunisi faqirga ko‘b porom9 keladir). Ana bizning so‘zimiz shul: yoqsa sizga, yoqmasa o‘zimizga.

    Hoy, yer yutkur! Kishi-kishi, yuzingni bekit!..

    Abdulla Qodiriy

    Ushbu maqola “Julqunboy” taxallusi bilan “Mushtum” jurnalining 1924-yil, 8-mart, 24-sonida chop etilgan.

    1 Qosir — qisqa, ojiz.2 Xumsa — xunasa, yaramas.3 Shulon — boy, kambag‘al, beva-bechoralarga beriladigan issiq ovqat.4 Rech — nutq, ma’ruza.5 Ashad ta’sirot — qattiq ta’sirlanish.6 Havola ba Xudo — Xudoga havola.7 Agarchandiki — garchi.8 Hasm — dushman; bu yerda: xotin9Porom — ko‘ngildagidek, yoqimli, ma’qul.

    19.10.2021, 22:19   Izoh (0)   64303
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev Talabalar shaharchasida barpo etilgan Innovatsion o‘quv va ishlab chiqarish texnoparkini borib ko‘rdi

    19.10.2021, 22:15

    Toshkentda 2021-yilning dastlabki 9 oyida qancha jinoyatlar sodir etilgani ma’lum qilindi

    19.10.2021, 21:16

    Surxondaryolik paxtakorlar respublikada birinchi bo‘lib paxta topshirish rejasini bajardi

    19.10.2021, 20:41

    O‘zbekistonda Renault avtomobillarining yakuniy narxlari kelasi hafta aniq bo‘lishi ma’lum qilindi

    19.10.2021, 20:25

    “O‘tkan kunlar”ni ingliz tiliga o‘girgan Mark Riz va’da qilingan gonorar 5 oydan beri to‘lanmayotganini bildirdi

    19.10.2021, 20:10

    Toshkent shahriga Rahmatulloh Sayfuddinov bosh imom-xatib etib tayinlandi

    19.10.2021, 19:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    BMT ishchi guruhi Gulnora Karimova ordersiz hibsga olingani haqida xulosa chiqardi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 21:44

    Toshkentda iyun oyida tilanchilik bilan shug‘ullangan 70 kishiga nisbatan maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan

    O‘zbekiston | 5 iyul, 20:28

    Makron Starmerdan Falastinni davlat sifatida tan olishni talab qilmoqda — Telegraph

    Dunyo | 5 iyul, 19:50

    Tramp Eronni uran boyitish ishlarini davom ettirayotganlikda aybladi

    Dunyo | 5 iyul, 19:05

    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!

    Reklama | 5 iyul, 18:48

    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi

    Reklama | 5 iyul, 19:30

    Kelasi hafta avvalida harorat biroz pasayadi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 18:25

    Yashil energiyaga zarba: Tramp yangi qonun bilan imtiyozlarni bekor qildi

    Dunyo | 5 iyul, 18:00

    Toshkentda 33 yoshli ayolni fohishalik uchun Moskvaga jo‘natayotgan shaxs ushlandi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 17:50

    Namanganda gaz tarmog‘iga o‘g‘rincha ulanib olgan bog‘ egasi davlatga 1,4 mlrd so‘m zarar yetkazdi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 17:00

    “Liverpul” Jotaning oilasiga futbolchi bilan tuzilgan shartnoma bo‘yicha maosh to‘lab boradi

    Sport | 5 iyul, 16:53
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.