Janubiy Amerika mintaqasida 10-oktabrdan 11-oktabrga o‘tar kechasi JCh—2022 saralashi doirasidagi 11-tur uchrashuvlari o‘tkazildi.

Foto: Getty Images

Argentina terma jamoasi o‘z uyida Urugvayni qabul qildi va raqib darvozasiga javobsiz uchta gol urdi. Leo Messi 38-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, birinchi bo‘lim so‘ngida Rodrigo de Paul mezbonlarning ikkinchi golini urdi. 62-daqiqada Lautaro Martines hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.

Braziliya esa safarda Kolumbiyaga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvda nursiz durang qayd etildi. Chili esa o‘zida Paragvaydan ustun keldi.

Braziliya 28 ochko bilan yakka peshqadamlik qilmoqda. Argentinada 22 ochko bor.

JCh—2022 saralashi

11-tur bahslari

10-oktabr, yakshanba

Argentina – Urugvay 3:0

Gollar: 1:0 – 38 Messi, 2:0 – 44 de Paul, 3:0 – 62 Martines.

Argentina – Martines, Talyafiko, Molina, Otamendi (Medina, 81), Romero, Lo Chelso, Paredes (Palasios, 75), de Paul (Di Mariya, 65), Gonsales (Alvares, 75), Martines (Korrea, 65), Messi.

Urugvay – Muslera, Vinya (Pikeres, 63), Godin, Arauxo (Gonsales, 73), Koates, Vesino, Nandes (Torreyra, 63), Rodriges (Kavani, 46), de la Krus (Nunyes, 46), Valverde, Suares.

Kolumbiya – Braziliya 0:0

Kolumbiya – Ospina, Moxika, Medina, Kuesta, Mina, Lerma (Uribe, 53), Barrios, Kintero (Sinisterra, 74), Dias, Falkao (Sapata, 74), Martines (Borre, 53).

Braziliya – Alisson, Danilo, Aleks Sandro, Militao (Tiago Silva, 71), Markinyos, Fabinyo, Fred, Lukas Paketa, Neymar, Gabriel Barboza (Rafinya, 61), Gabriel Jezus (Antoni, 71).

Ogohlantirishlar: Lerma (48), Borre (63).

Chili – Paragvay 2:0

Gollar: 1:0 – 68 Brereton, 2:0 – 72 Isla.

Boliviya – Peru 1:0

Gol: 1:0 – 82 Vaka.

Venesuela – Ekvador 2:1

Gollar: 0:1 – 37, penalti Valensiya, 1:1 – 45 Machis, 2:1 – 64 Belo.