Hafta davomida dunyoning turli burchaklaridan olingan sara suratlarni namoyish qilamiz.
Indoneziyaning Palu shahridagi madrasa-maktabi o‘quvchilari. Mamlakatda koronavirus cheklovlari yumashatilganidan so‘ng an’anaviy ta’lim shakli qayta tiklandi.
Foto: “TASS”
Buyuk Britaniyaning Suffolk shahridagi “Afrika” hayvonot bog‘ida tug‘ilgan gepard bolasi.
Foto: Getty Images
Parij-Roubix o‘rtasidagi poygada marraga yetib kelgan AG2R-Citroen velosipedchisi belgiyalik Sten Devulf.
Foto: AFP
Istanbuldagi Bosfor bo‘g‘ozida joylashgan Qiz qal’asining tungi ko‘rinishi. Bino Istanbulga kelgan sayyohlarning doimo diqqat markazida.
Foto: “Daryo” / Muqaddas Musayeva
Mavzuga doir: Istanbul romantikasi: turk qahvasi, gilam bozori, chag‘alaylar bo‘lgan shaharning eng yaxshi joylari (foto)
Isroilning asosiy turistik joylaridan biri – O‘lik dengizidagi tuzli sohilda yurgan sayyohlar.
Foto: EPA
Moskvadagi Balashixa tashqarisida kuzgi daraxtlar bilan o‘ralgan yurak shaklidagi ko‘l.
Foto: Reuters
Okeanga neft to‘kilishidan so‘ng Kaliforniya shtatining Xantington-Bich shahri sohili.
Foto: Getty Images
Raqs tushayotgan galaktikalar. Xabbl kosmik teleskopi Yerdan 100 million yorug‘lik yili uzoqlikda joylashgan NGC 5953 va NGC 5954 spiral galaktikalarini suratga oldi. Astronomlarning fikricha, bir biriga yaqinlashib kelayotgan ikkita galaktikaning o‘zaro tortishish kuchi uzoq kelajakda yangi elliptik galaktikaning paydo bo‘lishiga olib keladi.
Foto: NASA
Ispaniyaning Palma orolidagi Kumbre-Vieha vulqoni otilishini ko‘rish uchun tepalikka chiqayotgan ayol va uning bolasi.
Foto: Reuters
Gollandiyalik poygachi Maks Verstappen va britaniyalik Lando Norris (o‘ngda) Istanbuldagi shaharlararo Turkiya Gran-prisida erkin mashg‘ulot paytida.
Foto: EPA
Braziliyaning Rio-da-Janeyro shahridagi uylarning tomida varrak uchirayotgan bola.
Foto: Getty Images
Kobuldagi tashqi reklamasida ayollarning yuzlari o‘chirilgan go‘zallik saloniga kirib ketayotgan ayol.
Foto: Reuters
Argentina va Paragvay uchrashuvi yakunida Messi bilan suratga tushmoqchi bo‘lgan ishqiboz.
Foto: Reuters
Qozog‘istonning Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan uchib ketayotgan “Soyuz-2.1a” raketasi. Ekipaj tarkibida “Roskosmos” kosmonavti Anton Shkaplerov, rossiyalik aktrisa Yuliya Peresild va kinorejissor Klim Shipenko bor. Ular “Qo‘ng‘iroq” filmini kosmosda suratga olmoqchi. Bu kosmosda suratga olingan birinchi badiiy film bo‘ladi.
Foto: “TASS”
Avvalgi kunlarning fotogalereyalari:
- Juma namozidagi portlash, Kolizeyda qilingan tinchlik uchun ibodat, Isroil kuchlari bilan to‘qnashgan falastinlik. 8-oktabr suratlari
- “Tolibon” qo‘liga tushgan giyohvandlar, yulduziga ega chiqqan Jeyms Bond, neft bilan qoplangan plyaj. 7-oktabr suratlari
- Toshkentdagi bo‘yalayotgan “dom”, Angliyada kurka yetishmovchiligi, karantin rekordini o‘rnatgan shahar. 6-oktabr suratlari
- Kosmosda olingan ilk kino, qovoqlar bilan to‘lgan favvora, Al Kaponening sotilayotgan qo‘l soati. 5-oktabr suratlari
- Rim Papasi va islomshunos olim uchrashuvi, loyga botgan sportchi, sobiq prezident saqlanayotgan qamoqxona. 4-oktabr suratlari
- Hayvonlar uchun qurilgan ko‘prik, daraxt ekayotgan qirolicha, ilk qorni “tatib ko‘rmoqchi” bo‘lgan o‘quvchi. 1-oktabr suratlari
- Vaksinatsiyaga qarshilar mitingi, jurnalistga qurol o‘qtalgan “Tolibon” askari, bir yilga qamalgan sobiq prezident. 30-sentabr suratlari