“VKontakte” ijtimoiy tarmog‘idagi Lada Vesta FL guruhida kelajakda taqdim etiladigan Lada Vesta salonining surati e’lon qilindi. Fotojosus modeldagi yangi multimedia tizimi modulini — Tesla elektrokarlari uslubida vertikal o‘rnatilgan planshetni tasvirga olishga muvaffaq bo‘lgan. Suratkash obyektividan o‘rin olgan interyerning boshqa elementlari orasida so‘nggi Renault modellaridagi kabi yangi iqlim-nazorat boshqaruvi blokini ham uchratish mumkin, deb xabar beradi Motor.

Foto: “VKontakte” / Lada Vesta Club

Yangi multimediya tizimi Tesla elektomobillarida foydalanilaigan ekranlarga o‘xshash massiv vertikal planshet ko‘rinishida. Suratlarga ko‘ra, sensorli displey yordamida navigatsiyani boshqarish, multimediani sozlash, shuningdek, mobil qurilmani ulash mumkin. Shu bilan birga planshetning o‘zi havo haydovchi deflektorlar orasida joylashgan.

Bundan tashqari, suratda iqlim tizimi boshqaruvchi yangi blokni ham ko‘zga tashlanadi, u oq “podveska”li uchta o‘chirib-yoqqich shaybalar bilan jihozlangan. Shu bilan birga, selektorlardan biriga mitti displey o‘rnatilgan bo‘lib, unda uzatilayotgan havoning harorati haqida ma’lumot mavjud. Bu kabi interyer elementlarini yangi Renualt modeli uchratish mumkin.

Taxminlarga ko‘ra, takomillashtiriladigan Lada Vesta’ning imkoniyatlari qatoridan kalitsiz salonni ochish funksiyasi, “ko‘r zonalar”da nazorat funksiyasi, shuningdek, yorug‘lik diodli optika ham o‘rin oladi.

Avvalroq O‘zbekistonda Lada avtomobillarini seriyali ishlab chiqarish boshlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.