Daryo

Putin Ramzan Qodirovga yana Checheniston prezidentligi uchun nomzodini qo‘yishni taklif etdi

Qodirov Chechenistonni 2007-yildan buyon boshqarib kelmoqda

1 daqiqa o‘qish36 280 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Kremlin.ru”

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Checheniston rahbari Ramzan Qodirovga hududda bo‘lib o‘tadigan saylovlarda yana o‘z nomzodini qo‘yishi kerakligini bildirdi. Bu haqda “Interfaks” xabar qilgan.

Foto: “Kremlin.ru”

Putin mazkur taklifni Qodirov bilan videokonferensaloqa tizimi orqali suhbat vaqtida, Checheniston rahbari “har qanday buyruqni bajarishga” tayyorligi haqida gapirganidan keyin aytib o‘tgan.

Putinning fikricha Qodirovning shaxsan ishtiroki ostida Checheniston Rossiya federatsiyasidagi eng xavfsiz subyektlardan biriga aylangan.

“Siz samarali faoliyat olib bormoqdasiz, vaziyatni ichkaridan yaxshi bilasiz, shu sababli menimcha saylovlarda ishtirok etishingiz va ishni o‘zingiz davom ettirishingiz kerak deb o‘ylayman. Sizga bu borada omad tilayman”, — degan Putin.

Qodirov Chechenistonni 2007-yildan buyon boshqarib kelmoqda. 2016-yilda u respublika rahbarligiga qayta saylangan va 94,8 foiz saylovchi ishtirok etgan saylovlarda 97,56 foiz ovoz olib, g‘alaba qozongandi.

Chechenistonda saylovlar 2021-yil 19-sentabr kuni o‘tkaziladi. Mavzuga doir:  Avval Ramzan Qodirov Rossiya hududlari bo‘yicha 2020-yilning eng boy rahbari bo‘lib chiqqani, Checheniston rahbari vaksina olishdan bosh tortganlarni eng oxirida emlash taklifini ilgari surgani haqida xabarlar berilgan. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar