“Daryo”ni Telegram’da o‘qing! Join!
15:55, 27.09.2021 25244

Suratga olish jarayonida hayotdan ko‘z yumishiga bir lahza qolgan Bollivud yulduzlari

Hind aktyor va aktrisalaridan kimlar tasvirga olish jarayonida xavfli vaziyatlarga duch kelgani haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

Ritik Roshan

Foto: Bollywoodtime

Aktyor bilan suratga olish maydonchalarida bir qancha baxtsiz hodisalar yuz bergan. “Olovli yo‘l” filmida ishtirok etish jarayonida bel og‘rig‘i bezovta qilgan. Eng og‘ir hodisa “Bang-bang” filmining suratga olish jarayonida sodir bo‘lgan. Boshi bilan jarohatlangan aktyorning miyasiga qon quyilgan. Oqibatda 2013-yilda jarrohlik amaliyoti bo‘lib o‘tgan.

Kangana Ranaut

Foto: Bollywoodtime

“Tana va Manuning to‘yi” filmining suratga olish jarayonida Kangananing hayotdan ko‘z yumishiga bir lahza qolgan. Mototsiklda ketayotgan vaqti yiqilib tushgan. Oyog‘ini sindirib olganini aytmasa, boshqa jarohat bo‘lmagan.

Shohrux Xon

Foto: Bollywoodtime

Baxtsiz hodisalar va jarohatlarga ko‘nikkan Bollivud qiroli bilan eng jiddiy hodisa “Don-2” filmining suratga olish jarayonida yuz bergan. Aktyorning zanjirdan foydalanishiga to‘g‘ri kelgan, birdaniga uzilib ketganidan keyin bo‘yin va yelka sohasidan lat yegan. Bu Shohrux Xon uchun boshqalari bilan solishtirganda og‘riqli jarohat bo‘lgan.

Ayshvariya Ray

Foto: Bollywoodtime

Dunyo go‘zali “Qarz” filmining suratga olish jarayonida vafot etishiga biroz qolgan. Sujetga ko‘ra aktrisa yaqiniga kelgan mashina undan bir necha santimetr uzoqda to‘xtashi kerak bo‘lgan. Ammo tormozni boshqarib bo‘lmagani hisobiga mashina uni urib yuborgan. Oqibatda Ayshvariya oyog‘ini sindirib, bir nechta ko‘karishlar orttirib olgan.

Akshay Kumar

Foto: Bollywoodtime

Karyerasi davomida turli holatlar kuzatilgan aktyor “Bezori Ratxor” filmining suratga olish maydonchasida yelkasidan jarohatlangan. Avvaliga e’tibor bermagan Akshay og‘riq kuchayganidan keyin tanaffus olishga majbur bo‘lgan.

Amir Xon

Foto: Bollywoodtime

“Gajini” filmida 100 kiloli odamni ko‘tarishga bo‘lgani sabab oyog‘idan jiddiy jarohatlangan. Suratga olish jarayoni 3 haftaga qoldirilmasligi uchun u tiklanish uchun dam olmaslikka qaror qilgan.

Salmon Xon

Foto: Bollywoodtime

Aktyorning “Qidirilmoqda” filmida orttirib qolgan qo‘lidagi jarohati “Qo‘rqmas” filmining suratga olish jarayonida asoratlarni namoyon qilgan. Og‘riq kuchliligidan Salmon tuzalib ketmagunicha tasvirga olish maydonchasiga qaytmagan.

Jon Abraham

Foto: Bollywoodtime

“Vadaladagi otishma” filmining sujetiga ko‘ra Anil Kapir Jonni 4,5 metr uzoqlikdan otish o‘rniga 1,5 metr masofadan otib qo‘ygan. Oqibatda Abraham yelkasidan yaralangan.

Amitabh Bachchan

Foto: Bollywoodtime

“Hammol” filmining suratga olish jarayonida aktyor bilan bog‘liq o‘ta jiddiy hodisa yuz bergan. Punnit Issar bilan jang qilayotgan vaqti stoldan sakrash chog‘ida ichagi yorilib ketgan. Ancha qon yo‘qotgan aktyor bir necha oy mobaynida o‘lim bilan kurashib yotgan. Amitabh tuzalib ketgan, film esa mazkur hodisa sabab shov-shuv bo‘lgan.