• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12915.9
    • RUB162.44
    • EUR14658.25
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Qizlarini bo‘lajak qirolicha va millioner xonim qilib tarbiyalagan sobiq styuardessa — Kerol Middlton hikoyasi (foto)

    2021-yilda Keyt Middlton va shahzoda Uilyamning turmush qurganiga 10 yil to‘ldi. Bu vaqt mobaynida ular dunyoning eng mashhur juftligiga aylanishdi, lekin jamoatchilik qizining shu darajaga yetishiga sababchi bo‘lgan Keytning onasi — Kerol Middlton haqida ko‘p narsa bilmaydi. Buyuk erkaklarning orqasida buyuk ayollar turadi, degan gap ham bejizga aytilmagan. Buni nafaqat erkaklar, balki ayollar haqida ham aytish mumkin, chunki ko‘pchilik qizlar onasining maslahati va tarbiyasi tufayli hayotda muvaffaqiyat qozonadi.

    Konchining nevarasi

    Foto: AFP

    Kerol Goldsmit 1955-yilda Londonda tug‘ilgan. Otasi quruvchi, onasi tushgacha zargarlik do‘konida, tushdan keyin fabrikada ishlardi. Kerolning ota-bobosi konchi bo‘lgan, shuning uchun ham ularning oilasi o‘ziga to‘q emas edi: Kerolning so‘zlariga ko‘ra, ota-onasi kun kechirish va bolalarga yaxshi sharoit yaratish uchun qattiq mehnat qilgan.

    Qiz 16 yoshida maktabni tashlaydi, lekin tez orada o‘qishini yana davom ettiradi. U o‘qituvchi bo‘lishni orzu qilardi, lekin ota-onasining qizini kollejda o‘qitishga qurbi yetmasdi, shuning uchun Kerol kotiba bo‘lib ishlay boshladi. Keyinchalik u British Airways kompaniyasiga ishga o‘tdi va styuardessa bo‘ldi. Bu yerda u aristokratlar oilasidan bo‘lgan dispetcher Maykl Middlton bilan tanishib qoldi. 1980-yilda sevishganlar turmush qurishdi va kichkina uy sotib olishdi. 2 yil o‘tgach, ularning to‘ng‘ich qizi Keyt, keyinchalik esa yana bir qizi Filippa va o‘g‘li Jeyms tug‘ildi. Bu orada ular Iordaniyada ham 2 yil yashadi — Maykl Middlton u yerga ish yuzasidan yuboriladi, keyinchalik yana Angliyaga qaytib kelishadi.

    Tadbirkor ayol

    Kerol Middlton turmush o‘rtog‘i Maykl bilan

    Kerol Middlton turmush o‘rtog‘i Maykl bilan
    Foto: AFP

    Iordaniyadan qaytganidan ko‘p o‘tmay, Kerol oilaning moddiy ahvolini yaxshilashni, shuningdek, o‘zini nafaqat ona, balki ishbilarmon ayol sifatida ham ko‘rishni xohladi. Bir kuni Kerol qizining tug‘ilgan kunini nishonlamoqchi bo‘ladi va bolalar bayramini tashkillashtirmoqchi bo‘lgan ota-onalar uchun biznesda deyarli hech qanday taklif yo‘qligini tushunib qoladi. Shunday qilib, ajoyib g‘oya paydo bo‘ldi: sharlardan tortib, chiroyli dasturxon va nafis bezaklargacha bo‘lgan hamma narsani tayyorlaydigan va sotadigan oilaviy kompaniyaga asos solindi.

    Middlton xonim o‘z biznesini noldan boshladi, xaridorlar e’tiborini jalb qilish uchun minglab reklama varaqalarini tarqatdi. Ikki yildan so‘ng eri ham British Airways kompaniyasidagi ishini tashlab, xotiniga yordam bera boshladi. Biznes tezda ko‘tarilib, yaxshigina daromad keltira boshladi. Bugungi kunda ularga tegishli bo‘lgan Party Pieces kompaniyasining qiymati, taxminan, 40 million dollarni tashkil etadi. Kerol hali ham kompaniya ishlarida faol ishtirok etmoqda: “Men hozir ham ishlayman, omborimizga borishni va buyurtmalarimiz qayerga ketayotganini ko‘rishni yaxshi ko‘raman”.

    G‘amxo‘r ona

    Bo‘lajak qirolicha, millionerning rafiqasi va ularning onasi

    Bo‘lajak qirolicha, millionerning rafiqasi va ularning onasi
    Foto: AFP

    Muvaffaqiyatli biznes sababli, shuningdek, Kerolning eri — Mayklga buvisidan pul meros bo‘lib qolganidan so‘ng, oilaning moddiy ahvoli ancha yaxshilandi. Keyinchalik Middltonlar farzandlariga sifatli ta’lim berishga qurbi yetishini tushunib, ularni Angliyadagi eng yaxshi xususiy maktablarga yuborishdi. Aytish kerakki, ta’limga tikilgan investitsiya behuda ketmadi — Kerol va Mayklning uch farzandi ham hayotda muvaffaqiyat qozonganlardan.

    Keyt Middlton

    Foto: East News

    To‘ng‘ich qizi — Keyt Middlton Marlboro kollejida o‘qidi, u o‘qishdan tashqari xokkey o‘ynashni ham yaxshi ko‘rardi. Kollejni tugatgach, darhol universitetga hujjat topshirmadi: bir yil o‘qishdan tanaffus qilishni xohladi. Bu vaqt ichida u Italiya va Chiliga bordi va xayriya tashkilotining dasturida qatnashdi. So‘ngra Keyt nufuzli Sent-Endryus universitetiga o‘qishga kirdi. U yerda esa shahzoda Uilyam bilan tanishib qoldi.

    2004-yilda yoshlar chang‘i uchishga chiqishganda birga suratga tushishdi: ularning munosabatlari birinchi marta matbuotda e’lon qilindi. Universitetni tugatgandan so‘ng Keyt Jigsaw kiyimlar do‘koni tarmog‘ining savdo bo‘limida ishlay boshladi. Aynan shu paytda yoshlar o‘rtasida kelib chiqqan janjal tufayli ular bir muncha vaqtga ajralishdi. Ammo hammasi yaxshilik bilan yakunlandi — 2010-yilda shahzoda Uilyamning Keyt Middlton bilan unashtiruvi e’lon qilindi va 2011-yil 29-aprelda esa uzoq kutilgan to‘y bo‘lib o‘tdi. Bugungi kunda Keyt uch nafar farzandini tarbiyalayapti va haqli ravishda Buyuk Britaniyaning sevimli malikasi hisoblanadi.

    Pippa Middlton (Mettyuz)

    Foto: East News

    Filippa yoki uni ko‘proq Pippa deb atashadi, Edinburg universitetida tahsil olgan bo‘lib, ingliz adabiyoti bo‘yicha diplomga ega. Keyinchalik u kompaniyalarda jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha mutaxassis bo‘lib ishladi va turli tadbirlarni tashkil etishda ishtirok etdi. Shuningdek, u ikkita kitob yozgan, Vanity Fair jurnali va Sunday Telegraph gazetasining muallifi ham bo‘lgan.

    2017-yilda qiz sobiq poygachi va omadli tadbirkor Jeyms Mettyuzga turmushga chiqdi. Hozirda juftlik o‘g‘li Artur va qizi Greysni tarbiyalamoqda.

    Jeyms Middlton

    Foto: East News

    Kerolning kenja farzandi Jeyms ham Edinburg universitetiga o‘qishga kirdi, lekin birinchi kursdan keyin universitetni tashlab, o‘z biznesini boshladi. U onasining pazandalik haqidagi bolalik xotiralaridan ilhomlanib, original tort tayyorlash bo‘yicha kompaniya tashkil qildi. Qizig‘i shundaki, u tort pishirishni uyidagi oshxonadan boshlagan. Tez orada Jeyms “Yilning eng yosh tadbirkori” mukofotiga sazovor bo‘ldi. Yaqinda Jeyms yangi loyiha — itlar uchun organik ozuqa ishlab chiqaruvchi kompaniyani ishga tushirdi. Shaxsiy hayotda ham omadli desa bo‘ladi: u fransiyalik moliyaviy tahlilchi Alize Tvenga unashtirilgan.

    Bo‘lajak qirolning dono qaynonasi

    Foto: Getty Images

    Uilyam 2007-yilda Keyt bilan gaplashmay qo‘yganida, onasi qiziga eng yaxshi maslahatni berdi: “Bunaqa yig‘lab, uyda o‘tirma. Yaxshisi, o‘zingga qara, tungi klublarga bor, unga qanday qizni qo‘ldan chiqarganini ko‘rsatib qo‘y”. U, shuningdek, Keytga o‘zini tutishni va dili qanchalik qattiq og‘riganini Uilyamga sezdirmaslikni tayinladi. Onasining bu maslahatlari bekorga ketmadi: Uels shahzodasi Keytni Seyshel orollariga olib borib, “u yagona”, ekanini aytdi va kelajakda unga uylanishga va’da berdi. Keyt ham o‘z navbatida, u bunga to‘liq tayyor bo‘lguncha kutishga rozi bo‘ldi.

    Biroq jurnalistlarning so‘zlariga ko‘ra, Kerol qizining barmog‘ida hali ham nikoh uzugi yo‘qligidan asabiylashgan, chunki Keyt va Uilyam bir necha yildan beri uchrashishardi. U bir marta Rojdestvo arafasida mehmonga kelgan Uilyamni chetga olib, kelajakda nima qilmoqchiligi haqida so‘ragan. Shunda shahzoda bo‘lajak qaynonasini tez orada unashtiruv va nikoh to‘yi bo‘lishiga ishontirgan.

    Foto: East News

    OAVning ta’kidlashicha, Uilyam Keytni sevib qolishining sabablaridan biri — uning oilasi va ota-onasi, ukasi va singlisi bilan havas qilarli munosabatlari bo‘lgan. Unga bo‘lajak rafiqasi do‘stona va ahil oilada tarbiyalangani yoqqan.

    Vaqt o‘tishi bilan u ham bu oilaning bir qismiga aylandi — shahzoda qaynona va qaynotasi bilan yaxshi munosabat o‘rnata oldi. Aytishlaricha, Uilyam ularnikiga kelib yurganida, divanda Middlton xonimning tizzasiga bosh qo‘ygan holda soatlab janob Middlton bilan suhbatlashgan. Yaqinda The Sun nashrining xabar berishicha, Uilyam qaynonasini “ikkinchi ona” deb hisoblaydi. Jurnalistlar, shuningdek, Kerolning qizi va kuyoviga “katta ta’sir” o‘tkaza olishini ham ta’kidlaydi. Valiahd shahzodaning rafiqasi bo‘lganidan keyin ham Keyt onasi bilan yaqin munosabatni yo‘qotmagan va haligacha undan maslahat olib turadi. Kerolni har doim bolalariga yordam berishga tayyor, ularni qo‘llab-quvvatlovchi tirgak deb atash mumkin.

    Sevimli buvi va ajoyib ayol

    Foto: Getty Images

    Kerolning mehri hammaga yetadi — bolalariga ham, besh nafar nevarasiga ham. Aytishlaricha, u “juda mehribon buvi”, shahzoda Jorj — Keyt va Uilyamning birinchi farzandi — Kerolga, ayniqsa, juda o‘rganib qolgan. Bolaligida buvisi uni tez-tez o‘rmonga yoki plyajga sayr qilish uchun olib borardi. Bundan tashqari, Kerol uni Norfolkdagi bolalar bog‘chasiga ham o‘zi olib borgan. Jorj, ukasi va singlisining tarbiyasida ham uning alohida o‘rni bor. Kerol o‘zini juda faol buvi deb ta’riflaydi: “Men tepaliklardan yugurishni, daraxtlarga chiqishni va o‘yin maydonchasidagi tunnel bo‘ylab emaklashni xohlayman. Ba’zida shunday qilaman ham. Biz birgalikda ovqat pishiramiz, raqsga tushamiz, velosiped minamiz”.

    Foto: East News

    Kerol nafaqat nabiralari uchun, balki ishi uchun ham vaqt topa oladi: “Men divanda yastanib yotadiganlardan emasman. Menda katta energiya bor va ishimdan zavqlanaman. Men juda ko‘p mehnat qilgan ota-onamga qarab ibrat olganman”.

    Buvi bo‘lishiga qaramay, Kerol hozirda ham ajoyib ko‘rinishga ega. Bir paytlar dizayner Karl Lagerfeld u haqida shunday degandi: “Kerolni juda jozibali ayol deb hisoblayman. Menimcha, u ikkala qizidan ham maftunkorroq”. Chindan ham bu borada bahslashib bo‘lmaydi.

    Mavzuga doir: 

    • Keyt Middltonning malika Diana uslubidan ilhomlanib yaratgan obrazlari (foto)
    • Keyt Middlton va shahzoda Uilyam ko‘chishni rejalashtirmoqda: ular qirolichaga yaqin yashashni xohlaydi
    • Qirollik oilasi hayotining o‘ziga xos afzalliklari
    • Tish cho‘tkasida soch tekislash, uy niqobi: Qirollik oilasidan go‘zallik sirlari (foto)
    • Qirollik oilasining bolalari rioya qilishi kerak bo‘lgan g‘ayrioddiy 12 ta qoida

    26.09.2021, 17:50   Izoh (0)   28370
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ketrin Zeta-Jons 52 yoshda: Aktrisa qanday qilib yoshlik va go‘zalligini saqlashning uddasidan chiqqan?

    26.09.2021, 13:56

    Hechdan ko‘ra kech yaxshi: 35 yoshdan keyin muvaffaqiyatga erishgan mashhur ayollar (foto)

    26.09.2021, 08:54

    Instagram: 4 millionlik sahifasi bloklangan Shahzoda, yangi qo‘shig‘ini taqdim etgan Zarina, xeyterlariga yuzlangan Muqaddas

    24.09.2021, 22:37

    O‘n besh yoshida turmush qurgan “Bobbi” yulduzi — Dimpl Kapadiya haqida siz bilmagan qiziqarli faktlar

    24.09.2021, 18:46

    O‘limidan keyin ham millionlab dollar “ishlab topayotgan” yulduzlar (foto)

    24.09.2021, 16:44

    Ijtimoiy tarmoqlarda ommalashayotgan kulgili roliklar qahramonlari — “Afandining qizlari” haqida ma’lumotlar

    23.09.2021, 18:23
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    APEX BANK Toshkentda Bosh ofis va Markaziy sotuv ofisini ochdi


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    Huawei Cloud TechWave Summit 2025: Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda muvaffaqiyatni oshirish uchun intellektuallikni tezlashtirish 


    Huawei O‘zbekistondagi “Tech Carnival”da Intellektual dunyo rivojini jadallashtirmoqda


    ZTE korxonasi GSMA M360 Yevrosiyo forumida suniy intellekt raqamli iqtisodiyot rivojiga qo'shayotgan hissasi haqida ma’lumot berdi


    AKFA Medline University Hospital AHA rasmiy o‘quv markazi maqomini qo‘lga kiritdi


    TBC Uzbekistan o‘zining sun’iy intellektga asoslangan yechimlari orqali samaradorlikni oshirib, o‘sish sur’atlarini tezlashtirmoqda 


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Mobiuz IQAir havo sifati datchigini o‘rnatdi


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh atrofida Yerdan o‘n barobar katta “qush” ko‘rindi

    Dunyo | 26 may, 00:18

    “Daryo” videoreportaji: Namanganda 64-xalqaro gullar festivali boshlandi

    O‘zbekiston | 26 may, 00:06

    O‘zbekiston U-17 terma jamoasining Jahon chempionatidagi raqiblari ma’lum bo‘ldi

    Sport | 26 may, 00:02

    Iroqda suv zaxiralari rekord miqdorda kamaydi

    Dunyo | 25 may, 23:30

    Superliga. “Dinamo” kambek amalga oshirib, “Qizilqum”dan ustun keldi

    Sport | 25 may, 23:27

    Qoraqalpog‘istonda inspektor quvgan yigit maktab o‘quvchisi emasligi aniqlandi (video)

    O‘zbekiston | 25 may, 23:17

    APL. Abduqodir Husanov “Manchester Siti” bilan Angliya chempionati bronza medaliga ega chiqdi

    Sport | 25 may, 22:42
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.