Muvaffaqiyat qozonish qanchalar qiyin bo‘lsa, mashhur bo‘lib yashash undan ham qiyinroq. Jinoyatchilar esa taniqlilarni o‘g‘irlab ketadi yoki buni rejalashtirishadi, ba’zida o‘z vaqtida to‘xtatib qolinadi. Benedikt Kamberbetchni o‘g‘irlamoqchi bo‘lishgani ko‘pchilikka ma’lum emas. Shuningdek, u qurbonlar ro‘yxatida yagona ham emas.

Foto: “Domashniy ochag”

Benedikt Kamberbetchning o‘g‘irlanishi

Foto: “Domashniy ochag”

Ma’lum bo‘lishicha, 2005-yilda aktyor “Yerning oxirigacha sayohat” filmini suratga olishda ishtirok etdi. Kartina ustida ishlash Janubiy Afrikaning Durban shahrida olib borilgan. Bir kuni Kamberbetch va uning ikki do‘sti suratga olish maydonchasidan qaytayotgan mashinaning to‘satdan g‘ildiragi yorilib ketgan.

Benediktning so‘zlariga ko‘ra, tashqari juda qorong‘i va sovuq bo‘lgan, ular o‘tgan yo‘l juda xavfli hisoblangan. G‘ildirakni almashtirish uchun ular hamma narsani yukxonadan tushirishi kerak edi, bu ularni jinoyatchilar uchun oson o‘ljaga aylantirgan.

Noqulay vaqtda, odatga ko‘ra, ularning yoniga mashina kelib to‘xtagan. Unda olti qurolli jinoyatchi bor edi. “Ular bizga yot, qo‘llaringni boshga qo‘y, deb baqirdi... Keyin pulimiz qayerdaligi va qora dori borligi haqida so‘radi”, — deb eslaydi aktyor.

Kamberbetchning qo‘llari shu qadar mahkam bog‘langanidan ular qotib qola boshlagan. Va arqonlarni biroz bo‘shatishni so‘raganda, uni butunlay yukxonaga tashlashgan. Birozdan so‘ng mashina yurishdan to‘xtab, mahbuslar yerga tushirilgan. Benediktning ta’kidlashicha, u hayotida hech qachon bunchalik qo‘rqmagan. “Men, bizni nima qilasan, o‘ldirasanmi, deb so‘radim. Ular bizni qiynoqqa soladi, masxara qiladi, deb qo‘rqardim”, – deydi aktyor.

Yaxshiyamki, hikoyaning baxtli yakuni bor: qaroqchilar ketdi va notanish odam Kamberbetchni qutqardi. Keyinchalik aktyor intervyusida shu lahzani esladi: “Men bizni olib ketgan odamning yuziga qaradim va minnatdorlik bilan yig‘ladim. Bu voqea mening hayotiy qadriyatlarim va ustuvor vazifalarimda jiddiy iz qoldirdi”.

Rassel Krouning o‘g‘irlanishi muvaffaqiyatsiz yakunlandi

Foto: “Domashniy ochag”

2001-yilda eng yirik xalqaro terrorchilik tashkiloti “Al-Qoida” Gollivud yulduzlarini o‘g‘irlashni rejalashtirgani ma’lum bo‘ldi. Rassel Krou bu baxtsiz ro‘yxatdan birinchi o‘rinni olgan. Ommaviy axborot vositalari yaqinlashib kelayotgan jinoyatlar haqidagi ma’lumotlarga izoh berishga ko‘p vaqt ketmadi. FBR tahdidni jiddiy qabul qildi va tergov boshladi.

Keyinchalik, Avstraliyaning GQ nashriga bergan intervyusida, Krou razvedka xodimlari uni o‘g‘irlash haqida birinchi marta 2001-yilda – Oskar mukofotidan bir necha oy oldin xabardor qilganini tan oldi. Terrorchilar yulduzlarni garovga olishni rejalashtirgani, Liviyada bo‘lgan fransuz politsiyachisi tomonidan birinchi bo‘lib o‘rganilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, operatsiyadan maqsad jamiyatni “madaniy beqarorlashtirish” edi.

2001 va 2002-yillarda barcha premyera va mukofotlarni topshirish marosimlarida Rassel Krou smoking kiygan tansoqchilar qurshovida paydo bo‘lgan. Yaxshiyamki, u xavfdan qochishga muvaffaq bo‘ldi.

Dastxat yoki hayot – Vereska Ramiresni 

Foto: “Domashniy ochag”

Bu hikoya mashhur g‘aroyib odam o‘g‘irlashlar ro‘yxatida birinchi o‘rinda tursa kerak. Sobiq “Venesuela go‘zali” 2003-yilda jinoyatchilar to‘dasi tomonidan o‘g‘irlab ketilgan.

Noma’lum shaxslar modelga uning mashinasida o‘tirgan paytda hujum qilgan. Ular qizdan katta miqdordagi pul va shaxsiy narsalarini talon-toroj qilgan. Model menejerining so‘zlariga ko‘ra, hujumchilar Vereskani mashinadan chiqarib, uch soat davomida noma’lum joyga qamab qo‘ygan.

So‘ngra qaroqchilar kutilmagan tarzda kalendarlar to‘plamiga duch keladi va ularning sahifalarida tasvirlangan qizga ko‘z tushadi. Aynan o‘sha paytda jinoyatchilar aslida kimni o‘g‘irlagani aniq bo‘ladi. Natijada ular garovdagi xonimdan atigi bir nechta dastxat talab qilgan va shundan so‘ng uni qo‘yib yuborgan.

Boylar ham yig‘laydi – Jon Pol Getti III 

Foto: “Domashniy ochag”

Jon Pol Getti III – XX asr o‘rtalarida dunyoning eng boy odami hisoblangan amerikalik mashhur neft magnati Pol Gettining nabirasi. 1973-yil 10-iyulda Jonga Rim maydonida hujum uyushtirildi va noma’lum tomonga olib ketildi. Biroz vaqt o‘tgach, jinoyatchilar taniqli merosxo‘r uchun 17 million dollar pul talab qildi.

Ajablanarlisi shundaki, Jonning otasida bunday pul yo‘q edi va Getti sulolasining to‘ng‘ichi qaroqchilarga rad javobini berdi. Keyinchalik jurnalistlar bilan suhbatda Jonning bobosi Jan Pol Getti bu merosxo‘rdan tashqari, uning yana 14 nevarasi borligini aytdi. Va agar u jinoyatchilarga talab qilingan pulni to‘lasa, qolgan qarindoshlari ham ketma-ket o‘g‘irlanadi, bu Gettilar sulolasi uchun umuman foydasiz edi.

Bir hafta o‘tgach, italiyancha gazetaga Jonning qulog‘i kesilgani haqida konvert keladi. Xabarga jinoyatchi 10 kun ichida 3,2 million to‘lanmasa, mahbusni o‘ldirish bilan tahdid qilgan yozuv ham ilova qilingan.

Faqat shundan keyingina Getti o‘g‘liga 2,2 million dollar qarz berdi, keyin esa qaroqchilar bilan to‘liq savdolashib, to‘lovni 2,9 million dollarga tushirdi. Oila boshlig‘i barcha pullarini o‘g‘liga yiliga to‘rt foizga qarz bergani kulgili. Getti oilasi jinoyatchilar bilan savdolashayotganda, politsiya vaqtni boy bermadi. Ular tez orada qaroqchilarni topishga muvaffaq bo‘ldi. Bu Italiyaning janubida joylashgan Kalabriya provinsiyasidan bo‘lgan kichik jinoiy guruh edi.