Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 7-turida “Barselona” 26-sentabr, yakshanba kuni “Levante”ni qabul qildi.

Foto: Getty Images

Uchrashuvning 6-daqiqada Memfis Depay penaltini aniq amalga oshirgan holda katalonlarni oldinga olib chiqdi. 14-daqiqada Lyuk de Yong “Barselona” safidagi debyut golini urdi.

Ikkinchi bo‘limga hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda Ansu Fati hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.

Ketma-ket uchta durangdan keyin g‘alabaga erishgan “Barselona” ochkolarini 12 taga yetkazib olgan holda 5-o‘ringa ko‘tarildi. “Levante” (4) 16-pog‘onada bormoqda.

Top-5 ligalar onlayn jadvallari, o‘yinlar taqvimi, to‘purarlar ro‘yxati — ko‘rish.

La Liga

7-tur bahslari

26-sentabr, yakshanba

“Barselona” — “Levante” 3:0

Gollar: 1:0 – 6, penalti Depay, 2:0 – 14 de Yong, 3:0 – 90+1 Fati.

“Barselona”: ter Shtegen, Mingesa (Arauxo, 81), Pike, Erik Garsiya, Dest (Langle, 89), Buskets, Niko Gonsales, Gavi (Demir, 81), Koutinyo (Puch, 59), de Yong (Fati, 81), Depay.

“Levante”: Fernandes, Miramon, Mustafi (Rober, 77), Postigo, Klerk, Melero, Radoya (Martines, 55), Pepelu (Vukchevich, 69), De Frutos (Kantero, 69), Roxer Marti, Dani Gomes (Morales, 55).

Ogohlantirishlar: Gavi (24), Postigo (25), Pepelu (58), Klerk (86).

“Malyorka” — “Osasuna” 2:3

Gollar: 0:1 – 9 Xose Anxel, 1:1 – 11 Dani Rodriges, 2:1 – 45 Fer Ninyo, 2:2 – 58 Inyigo Peres, 2:3 – 88 Martines.