“Daryo”ni Telegram’da o‘qing! Join!
19:59, 26.09.2021 32084

Keyt Uinslet, Mendi Mur va boshqa yulduzlarning “Emmi-2021” taqdirlash marosimidagi eng esda qolarli obrazlari

19 va 20-sentabr kunlari Los-Anjelesda “Emmi” mukofotining 73-taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unga tashrif buyurgan yulduzlarning eng o‘ziga xos obrazlarini e’tiboringizga havola qilamiz.

Elizabet Olsen

Foto: Cosmopolitan

Aktrisa libos borasida oddiylik va bashanglikni afzal bilgan. Opa-singil Meri-Keyt va Eshli Olsen tomonidan taqdim qilingan ko‘ylakda tashrif buyurgan Elizabet aksessuar bilan obrazini yakunlagan.

Anjela Basset

Foto: Cosmopolitan

Anjela libosida pushti va qorani umumlashtirishning uddasidan chiqqan.

Keyt Uinslet

Foto: Cosmopolitan

Keyt Uinslet esa har doimgidek klassik bichimli qora libosda tashrif buyurgan. Ushbu obrazi bilan u sarvqomat va jozibali ko‘ringan.

Jerni Smollett

Foto: Cosmopolitan

Jerni esa malikalarnikidek libos kiyib to‘q rangli pomada bilan labini bo‘yagan.

Mendi Mur

Foto: Cosmopolitan

Mendi bo‘lsa, bel qismiga urg‘u berilgan, ammo shu bilan birga bichimi o‘zgacha qirmizi libos kiyishni afzal bilgan.

Rege Peyj

Foto: Cosmopolitan

Aktyor Rege qora kostyumda yanada bashang ko‘ringan.

Mindi Kaling

Foto: Cosmopolitan

Mindi Kaling bel qismida katta banti bor, atlas matodan tikilgan qora libos kiygan. Obrazini brilliantli taqinchoq bilan bezagan.

Yara Shahidi

Foto: Cosmopolitan

Endigina 21 yoshni qarshilagan Yara yashil o‘ziga xos libos kiyib, sochini yig‘ib turmaklashni afzal bilgan.

Amerika Ferrera

Foto: Cosmopolitan

Amerika Ferrera qizil yo‘lakda siyohrang, sipo bichimli libosda ko‘rinish bergan. Firuza rangli ziragi esa yanada o‘ziga xos ko‘rinishiga hissa qo‘shgan.

Sofiya Bush

Foto: Cosmopolitan

Emma Korrin

Foto: Cosmopolitan

Oliviya Kolman

Foto: Cosmopolitan

Jillian Anderson

Foto: Cosmopolitan

Treysi Ellis Ross

Foto: Cosmopolitan

Enni Merfi

Foto: Cosmopolitan

Jennifer Kulij

Foto: Cosmopolitan

Mozes Ingrem

Foto: Cosmopolitan

Maks Mingella

Foto: Cosmopolitan