Kinolardagi eng mashhur avtomobillardan biri hisoblanuvchi Aston Martin DB5 bolalar uchun mo‘ljallangan DB5 Junior nomli yangi versiyaga ega bo‘ldi. 2:3 masshtabda ishlangan model The Little Car Company va EON Productions kinokompaniyasi bilan hamkorlikda Jeyms Bond haqidagi  25-film — “O‘lish vaqti emas” premyerasi munosabati bilan taqdim etilgan. Sportkarning mitti nusxasi elektrodvigatel yordamida harakatga keladi va “josuslarga xos” ko‘plab gadjetlar bilan jihozlangan, deb xabar beradi Motor.

Foto: The Little Car Company

Barcha qurilmalar eshik qoplamasiga yashirilgan maxfiy panel yordamida boshqariladi. Mitti DB5 bortida avtomobil ortida tutunli parda hosil qiladigan mashinaga va almashadigan mashhur davlat raqami belgilariga ega. Zamonaviy modelchada u oddiy aylanadigan baraban o‘rniga suyuq kristall ekran sifatida ishlangan. Yana bir o‘ziga xos jihati — Gatlingning bir juft o‘yinchoq pulemyotlari bo‘lib, tugmani bosish orqali u faralarga aylanadi: ular dinamiklar yordamida otishma ovozini hosil qilishga qodir.

Foto: The Little Car Company

Bundan tashqari, DB5 Junior “O‘lish vaqti emas”ning treyleridagi “kulchalar” harakatini bajarishga qodir alohida rejimga ega bo‘lgan. Mashina soatiga 72 kilometr tezlikda harakatlanish imkonini beradigan 16 kilovattli elektrodvigatel bilan jihozlangan. Bir marta quvvatlanish orqali avtomobil 130 kilometr yo‘l bosa oladi. Ota-ona xavfsizlik nuqtai nazaridan elektrokar imkoniyatlarini sun’iy cheklab qo‘yishi mumkin.

Foto: The Little Car Company

Shuningdek, jamlanmadan Brembo tormozlari, Bilstein “koyloverlari” va Smiths qurilmalari o‘rin olgan. Model haqiqiy Aston Martin hisoblanadi: uning har bir egasi Britaniya markasi klubining a’zosiga aylanadi. Mashina narxi 90 ming funt sterlingdan boshlanadi. Tiraji cheklangan — 125 nusxa.

Foto: The Little Car Company

Foto: The Little Car Company

Foto: The Little Car Company

Avvalroq Bugatti’ning bolalar uchun mo‘ljallangan avtomobili Dubay aeroportining rasmiy transferiga aylangandi.

Foto: The Little Car Company

Foto: The Little Car Company

Foto: The Little Car Company

Foto: The Little Car Company