Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 19-turidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar 20-sentabr, dushanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: “Qizilqum”

“OKMK” Navoiyda “Qizilqum” mehmoni bo‘ldi. Uchrashuvda hisob ochilmadi. Ushbu durangdan so‘ng “Qizilqum” 27 ochko bilan 7-o‘ringa ko‘tarilib oldi, “OKMK” esa 33 ochko bilan 3-o‘rinni band etib turibdi.

Yaypanda bo‘lib o‘tgan o‘yinda “Turon” — “Navbahor” uchrashuvida mezbonlar posboni Nizomiddin Ziyovutdinov o‘z darvozasiga gol urib qo‘ydi. Ushbu gol o‘yinda yagonaligicha qoldi va “Navbahor” 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.

“Navbahor” ochkolari sonini 28 taga yetkazib oldi va 6-o‘ringa chiqdi. “Turon” esa 12 ochko bilan eng oxirgi o‘rinda bormoqda.

Superliga

19-tur bahslari

20-sentabr, dushanba

“Qizilqum” — “OKMK” 0:0

“Qizilqum”: 1. Ignatiy Nesterov, 14. Fayzulla Qambarov, 20. Islom To‘xtaxo‘jayev, 75. Oleg Tolmasov, 21. Muhsin Ubaydullayev (18. Jasur Azimov 68), 6. Erkin Boydullayev, 8. Giorgi Kuxianidze (44. Humoyun Abdualimov 86), 17. Salim Mustafoyev, 30. Elguja Grigalashvili (19. Jamshid Hasanov 80), 7. Islom Kenjaboyev, 10. Mate Vatsadze.

“OKMK”: 35. Valijon Rahimov, 20. Mirg‘iyos Sulaymonov (77. Dilshod Ahmadaliyev 63), 8. Bobur Yo‘ldoshev, 7. Sardor Rahmonov, 2. Akrom Komilov, 23. Yovan Jokich, 17. Sanjar Tursunov, 4. Mirjamol Qosimov (22. Sanjar Shoahmedov 63), 28.Shohruh Gadoyev, (94. Elvin Fortes 82) 18. Aleksandr Kasyan (27.Martin Boake 76), 10. Husniddin G‘ofurov (11. Murod Toshmatov 82).

Ogohlantirishlar: Ubaydullayev (47), Kenjaboyev (55), Komilov (56), Rahimov (79), Yo‘ldoshev (87).

“Turon” — “Navbahor” 0:1

Gol: 0:1 — 37 Nizomiddin Ziyovutdinov (avtogol).

“Turon”: 1. Nizomiddin Ziyovutdinov, 4. Asliddin Toshtemirov, 6. Sardor Abduraimov (23. Otabek Zokirov, 74), 7. Sunnatillo Abdullajonov (14. Doniyor Ismoilov, 73), 9. Humoyun Murtozayev, 10. Ixtiyor Toshpo‘latov (43. Kim Bo Yong, 57), 18. Fozil Musayev (17. Muzaffarjon Muzaffarov, 85), 19. Vladislav Kasminin, 22. Abdulazizxon Abdurashidov, 55. Dayan Ponevich, 77. Bilolxon Toshmirzayev.

“Navbahor”: 1. O‘tkir Yusupov, 4. Boyan Siger, 7. Azim Ahmedov, 9. Ivan Solovev (14.Kosta Guttiner, 63), 10. Quvondiq Ro‘ziyev (28. Ilhom Alijonov, 76), 17. Ehsoni Panshanbe (20. Ibrohim G‘anixonov, 76), 19. Mirzohid G‘ofurov, 22. Igor Golban, 24. Davron Hoshimov, 88. Boyan Naydenov, 95. Zabihillo O‘rinboyev.

Ogohlantirishlar: Abdurashidov (2), G‘ofurov (51), Panshanbe (64), Kosta Guttiner (74), Naydenov (77), Musayev (80), Otabek Zokirov (90+1), Muzaffarov (90+5).