Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.

O‘zbekiston xalq artisti Mahmud Namozov “Surxon” guruhi nima sababdan bo‘linib ketgani haqida gapirdi.

Halima Ibragimova yangi suratini “Kulib turib, g‘amni yengamiz”, deb nomladi.

Foto: Instagram

Shohruxxonning yangi qo‘shig‘iga klip suratga olinmoqda.

Luiza Rasulova “Hayotingda qancha kun bo‘lishi muhim emas, muhimi har bir kuningda qancha hayot borligida”, demoqda.

Foto: Instagram

Jahongir Xo‘jayevning Ford Mustang avtomobili Andijon viloyati Marhamat tumaniga ketdi. Avtomobil Giv-tanlov g‘olibiga rasmiylashtirib berildi.

Foto: Instagram

Yigitali Mamajonovning intervyulardan birida “Asal Shodiyeva mening ‘vkusim’dagi qiz emas”, degani aks etgan qisqa video ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Aktrisaning muxlislari Yigitalini bu so‘zlari uchun tanqid qilmoqda.

Shahzoda Matchonova “O‘zingizga san’at asaridek munosabatda bo‘ling!”, demoqda.

Foto: Instagram

Tarqalib ketgan “Ummon” guruhi vakili Zohid “So‘ramaydi” deb nomlangan qo‘shig‘ini muxlislari e’tiboriga havola etdi.

Farhod Alimov va Rayhon folloverlarini sport bilan shug‘ullanishga undamoqda.

Foto: Instagram

Xonanda Sevinchning qizalog‘i Leyla 10 yoshni qarshi oldi. Shu munosabat bilan Sevinch qizining do‘stlari uchun katta bayram tadbirini tashkillashtirdi.

Dildora Niyozova navbatdagi yangi qo‘shig‘ini muxlislari e’tiboriga havola etdi.