Tokio—2020 Olimiya o‘yinlari oltin medal sohibi Bahodir Jalolov faoliyatidagi eng qiyin kechgan jang haqida gapirdi.

Foto: Getty Images

Olimpiadada eng qiyin raqibi kim bo‘lgani haqida

Barcha raqiblar kuchli edi. Finalda Torresga qarshi jang qiyin kechdi. Birinchi raundda zarba o‘tkazib yubordim. Men ruhiy jihatdan tayyor emasdim.

Butun faoliyati davomida eng kuchli raqibi kimligi haqida

2016-yilgi Olimpiada o‘yinlarining chorak finalida Jo Joysga yutqazganman. Aynan u butun faoliyatimdagi eng qiyin raqib bo‘lib turibdi. U bilan professional boksda to‘qnash kelishni, revansh olishni xohlardim.

Bokschilar uchun nima muhimligi haqida

Aql bilan ishlash — eng muhimi. Psixologiya birinchi o‘rinda turadi. Agar bokschi psixologik jihatdan tayyor bo‘lmasa, ringda hech narsa ko‘rsata olmaydi.

Bahodir Jalolov, bokschi

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!