Jizzax viloyatida Sharof Rashidov tuman tibbiyot birlashmasi hamshirasi kaltaklandi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmatiga tayanib O‘zA xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, shu tumandagi “Samarqand quduq” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi fuqaro hamshiraga “Nega onamga qaramayapsan?” deya urib, tan jarohati yetkazgan. Kaltaklanish oqibatida hamshira bosh miya chayqalishi tashxisi bilan tuman tibbiyot birlashmasining shoshilinch bo‘limiga yotqizilgan.

Ayni paytda mazkur holat yuzasidan Sharof Rashidov tuman IIB mas’ul xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

Mart oyi boshlarida Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanidagi xonadonlarning biriga chaqiruv asosida borgan shifokor xonadon egalari tomonidan kaltaklangandi.