• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Kobulda ayollar “Tolibon”ni qo‘llab-quvvatlab namoyish o‘tkazdi. Yopiq kiyingan va qo‘llarida ingliz tilidagi shiorlarni ko‘tarib olgan namoyishchi ayollarni qurollangan jangarilar qo‘riqladi (foto)

    11-sentabr kuni Afg‘onistonda mamlakatda avgust oyi o‘rtalarida hokimiyat tepasiga kelgan “Tolibon” harakatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida ayollar namoyishi o‘tkazildi. Namoyishchilar gender tengligi va ayollar huquqlarini cheklamaslik bo‘yicha siyosat yuritishni va’da qilayotgan toliblarni olqishlagan. Meduza ushbu tadbir haqidagi ma’lumotlarni to‘plagan.

    Kobulda “Tolibon”ni qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkazilgan ayollar marshi, 2021-yil 11-sentabr

    Kobulda “Tolibon”ni qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkazilgan ayollar marshi, 2021-yil 11-sentabr
    Foto: Aamir Qureshi / AFP / Scanpix / LETA

    AFP agentligi xabariga ko‘ra, namoyishda 300 ga yaqin xotin-qiz ishtirok etgan. “Tolibon” o‘rnatgan tartibga ko‘ra, ularning hammasi tanani to‘liq yopib turadigan va faqat ko‘z qismi ochiq bo‘lgan qora niqob yoki ayollarning ko‘zini faqat to‘r bilan yopadigan moviy burqada ko‘chaga chiqqan. Namoyishchilarning aksariyati qo‘liga qo‘lqop ham kiygan.

    Aksiyada ishtirok etganlar hukumatdan bu borada ruxsat olgan, deya AFP’ga ma’lum qilgan Afg‘oniston maorif vazirligi vakil Dovud Haqqoniy. Tashkilotchilar aksiya ishtirokchilarining talabalar ekanini aytgan, biroq AFP’ning qayd etishicha ularning ayrimlari universitetda o‘qish uchun juda yoshlik qiladi, ba’zi ayollar esa qo‘lida chaqalog‘i bilan namoyishda qatnashgan.

    Namoyish Kobul universiteti oldidagi chiqishlar bilan boshlangan. Notiqlar ham, ularni tinglayotganlar ham ayollar edi.

    “Ko‘chalarda biz ayollarning nomidan norozilik namoyishlari o‘tkazayotgan boshqa ayollarga qarshimiz. Avvalgi hukumat ayollardan o‘z maqsadlari yo‘lida foydalanardi. Ular ayollarni tashqi ko‘rinishi uchun ishga yollagan”, — deya nutq so‘zlagan afg‘onistonlik ayollardan biri.

    Foto: Aamir Qureshi / AFP / Scanpix / LETA

    Foto: Aamir Qureshi / AFP / Scanpix / LETA

    Foto: Aamir Qureshi / AFP / Scanpix / LETA

    AFP’ga o‘zini talaba deb tanishtirgan aksiyaning yana bir ishtirokchisi Shabona Omariy ayollar yuzini berkitib yurishini majburiy qilib qo‘ygan “Tolibon” siyosatini qo‘llab-quvvatlashini aytgan.

    “Hijob kiymaganlar hammamizga zarar keltiradi”, — degan u.

    Somayya ismli boshqa bir namoyishchi ayol yuzini berkitib yurgan xotin-qizlar avvalo o‘z xavfsizligini ta’minlashi haqida gapirgan.

    Yetakchilar nutq so‘zlaganidan keyin namoyishchilar guruhlarga bo‘lingan va qo‘llarida shiorlarni (ingliz tilida yozilgan lozunglar ham bor) ko‘tarib, Kobul ko‘chalari bo‘ylab marsh o‘tkazishgan. Lozunglarning birida “Afg‘onistonni tark etgan ayollar bizning vakillarimiz emas” deb, yana birida esa “Biz erkaklar va ayollar birga ta’lim olishiga qarshimiz” (“We don’t want co-education”) so‘zlari yozilgan. Ishtirokchilarni “Tolibon” harakatining qurollangan vakillari qo‘riqlagan.

    Foto: Aamir Qureshi / AFP / Scanpix / LETA

    Foto: Aamir Qureshi / AFP / Scanpix / LETA

    Foto: Aamir Qureshi / AFP / Scanpix / LETA

    Mavzuga doir: Fransiya “Tolibon”ni yolg‘onchilikda aybladi va u tuzgan hukumatni tan olmasligini ma’lum qildi

    “Tolibon”ning Afg‘onistondagi birinchi boshqaruv davrida ya’ni 1996–2001-yillarda ayollar deyarli barcha huquqlaridan mahrum bo‘lgandi, ularning o‘qishi va ishlashi taqiqlab qo‘yilgandi. Toliblar 2021-yil avgustda yana mamlakatda hukumat tepasiga kelgach, ayollarning o‘qishi va ishlashiga sharoit yaratilishini va’da qilgan. Biroq ular ayollarning sport bilan shug‘ullanishini taqiqlagan, shuningdek OAVda tarqalgan xabarlarga ko‘ra Kobul ko‘chalaridagi ayollar norozilik namoyishlarini tarqatish uchun dubinka hamda ko‘zni yoshlantiruvchi gazdan foydalangan. Bundan tashqari “Tolibon” 7-sentabrda e’lon qilgan yangi hukumat tarkibiga birorta ham ayol vakilni kiritmagan, shu bilan birga, ayollar ishlari bo‘yicha vazirlik faoliyatini ham tugatgan.

    Mavzuga doir:

    • “Tolibon” rahbari inson huquqlari va shariat qonunlarini hurmat qilishga va’da berdi
    • “Tolibon” yangi hukumatda ayollar uchun lavozimlar bo‘lishini va’da qildi
    • Yevroittifoq: “Tolibon” inklyuziv hukumat tuzish haqidagi va’dasini bajara olmadi

    12.09.2021, 15:13   Izoh (0)   86577
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Fotoreportaj: AQShda 11-sentabr terakti qurbonlari xotirlandi

    12.09.2021, 14:33

    Fransiya “Tolibon”ni yolg‘onchilikda aybladi va u tuzgan hukumatni tan olmasligini ma’lum qildi

    12.09.2021, 12:35

    Xitoy provinsiyalaridan yana birida COVID-19 bilan kasallanish holatlari qayd etildi

    12.09.2021, 11:41

    Fotogalereya: AQShda sodir etilgan 11-sentabr teraktlariga 20 yil to‘ldi

    11.09.2021, 18:33

    “11-sentabr bolalari”: kimdir otasining so‘nggi soatlaridan hamon ta’qibda, boshqasi har yilgi motam marosimidan zada

    11.09.2021, 17:11

    Bayden 11-sentabr voqealarining 20 yilligi munosabati bilan Amerika xalqiga murojaat qildi

    11.09.2021, 16:12
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Madagaskar yaqinida 300 yil oldin cho‘kib ketgan va dengiz qaroqchilari o‘ljasiga aylangan kema topildi

    Dunyo | 5 iyul, 23:55

    Buxoro va Qoraqalpog‘istonda “valyutchik”lar ushlandi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 23:30

    “Yevropa o‘tmishda Afrikani talagan” — JAR prezidenti

    Dunyo | 5 iyul, 23:15

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “PSJ” 9 kishi bo‘lib “Bavariya”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 23:06

    USAID faoliyati to‘xtatilishi tufayli nigeriyaliklarga ochlik xavfi tahdid solmoqda — OAV

    Dunyo | 5 iyul, 22:47

    Sirdaryoda 892 mln so‘mlik noqonuniy zargarlik savdosi fosh etildi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 22:22

    Superliga. “OKMK” Muborakda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 22:20

    Isroil Eronning beshta harbiy obyektga zarba berganini yashirgani aniqlandi

    Dunyo | 5 iyul, 22:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.