• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “11-sentabr bolalari”: kimdir otasining so‘nggi soatlaridan hamon ta’qibda, boshqasi har yilgi motam marosimidan zada

    2001-yilning 11-sentabri XXI asr ostonasidagi eng fojiali kun sifatida tarixga muhrlandi. Nyu-Yorkdagi ikki yirik savdo markazi quladi-yu, oilalar parokanda bo‘ldi, minglab bolalar yetimga aylandi, taqdirlar chalkashib ketdi. O‘sha voqeada ota-onasini yo‘qotgan o‘g‘il-qizlar bugun voyaga yetdi, yo‘lini topdi, lekin ko‘nglidagi jarohat har yilning 11-sentabrida qayta-qayta yangilanaveradi. The Guardian Amerika tarixidagi qonli terakt sabab qon-qarindoshi, yaqinlarini yo‘qotgan o‘g‘il-qizlarning (ularni “11-sentabr bolalari” deb atashadi) o‘tgan yigirma yillik armonlarini e’lon qildi.

    Robin Higli sentabrni yomon ko‘radi. Bu oyda hammasi chappa aylanadi. Yilning boshqa payti quvnoq va ko‘tarinki kayfiyatda yursa-da, aynan shu oy ichiga chiroq yoqsa yorishmaydi, shashti pasayadi.

    Nega shundayligini bilmasa-da, sentabrda doim g‘am-iztirobda qolaveradi. 11-sentabr fojiasiga 20 yil to‘larkan, bu yilgisi o‘tgan 19 tasidan-da yomonroq, og‘riqliroq o‘tishini biladi. Ommaviy axborot vositalari o‘sha mash’um kunni tinmay takrorlayveradi, vatanparvarlik tuyg‘ulari jo‘sh uradi, qizgina esa o‘tgan yillardagidan-da, ko‘proq diqqat markazida bo‘ladi.

    “Umuman olganda, bularning hech birini jinim suymaydi. Ha, qatnashaman, 20 yil — bu katta gap. Lekin o‘zimni qanday his qilayotganimni kutadiganlar ham topiladi. Odamlar bu mitti, qayg‘usi zo‘r qizaloqning yuragi chil-chil singanini o‘zlaricha tusmollashadi. Ammo men qariyb 20 yoshdaman. Ulg‘ayyapman”, — deydi u.
    11-sentabr voqealari atrofida Robin Higleyning bo‘lishi juda og‘ir. Umrida bir bora ko‘rmagan otasi uchun qanday qayg‘ursin? Fojia ro‘y bergan joyda o‘zi bo‘lmagan esa-da, hayoti poyonigacha “11-sentabr bolasi” yorlig‘ini qanday ko‘tarib yursin?

    Viki Higli Manxettendagi Jahon savdo markazida turmush o‘rtog‘i halok bo‘lganidan yetti hafta o‘tib tug‘ilgan qizi Robin bilan.

    Viki Higli Manxettendagi Jahon savdo markazida turmush o‘rtog‘i halok bo‘lganidan yetti hafta o‘tib tug‘ilgan qizi Robin bilan.
    Foto: Getty Images / Corbis / Mark Piterson

    2001-yilning 11-sentabrida qizning otasi Robert (ko‘pchilik Robbi deb ataydigan) Higli Jahon savdo markazining 92-qavati, janubiy qanotida joylashgan ishxonasiga ketgandi. Bu binoda atigi uch oy avval sug‘urta ma’muri bo‘lib ish boshlagan va aynan fojia kuni menejer bo‘lib faoliyatini davom ettirishi so‘ralgandi.

    Shimoliy binoga tonggi 08:46 da hujum uyushtirilgach, Robbi rafiqasi Vikiga qo‘ng‘iroq qilib, qo‘shni binoda nimadir ro‘y bergani, lekin u bilan hammasi joyida ekanini aytadi. “Hozir ortimga qarasam, bu eng iztirobli, qisqa suhbat bo‘lgan ekan”, — deydi Viki Hagli.

    Keyin nimalar ro‘y berganini anglashga Vikiga vaqt kerak bo‘ldi. Turmush o‘rtog‘i 12 nafar hamkasbiga evakuatsiyada ko‘maklashib, United Airlines 175 reysi soat 09:03 da janubiy qismga kelib urilgunicha, yonidagilarning eng oxirgisi birinchi qavatga liftda tushishigacha bosh-qosh bo‘ladi, o‘zi esa qochishga kechikadi. “Boshqaruvchiga xos yo‘lni tutib, uning o‘zi liftga chiqib jon saqlashni tanlamaydi, aksincha, hammaning sog‘-salomatligiga ishonch hosil qilishni xohlaydi”, — deydi Viki.

    11-sentabr kuni Viki bevaga, 4 yashar qizi Amandani tarbiyalab, voyaga yetkazadigan yolg‘iz onaga aylanadi. Qornida esa hali tug‘ilmagan Robin bor edi.

    Robin oradan yetti hafta o‘tib, 2001-yilning 3-noyabrida tug‘ilgunicha “11-sentabr bolasi” yorlig‘i tillarga tushib bo‘lgandi. Egizak binolar hujumi qurbonlarining yangi tug‘ilgan chaqaloqlari odamlarda shu qadar qiziqish uyg‘otadiki, ABC News hatto tug‘ruqxonada qizaloqning dunyoga kelishida hozir-u nozir bo‘ladi.

    “Juda kulgili-ya. Onam dard bilan, to‘lg‘oq tutib kasalxonaga borsa-yu, ABC News uni kutib turgani ustidan chiqsa”, — deydi Robin.

    Robin Higli terrorchilar Nyu-York, Vashington, Shanksvilli va Pensilvaniyaga hujum qilganda otalari o‘lib, ona qornida bo‘lgan 105 go‘dakning biri. “Favqulodda noyob klub” a’zosi sifatida u dunyoga keldi va o‘zi uchun allaqachon tuzib qo‘yilgan muhitda o‘sib-ulg‘aydi.

    11-sentabr bevalari chaqaloqlari bilan.

    11-sentabr bevalari chaqaloqlari bilan.
    Foto: Getty Images / Corbis / Mark Peterson

    Otasi o‘lgan kuni u hayotida ulkan voqea sodir bo‘lganini bola tasavvuri bilan anglay boshladi, ammo buni qanday hazm qilishni bilmasdi. “11-sentabr nimaligini yaxshi bilar, biroq nimalarni his etishni hecham tushunolmasdim. Besh yashar qizaloq uchun murakkab savollar juda ko‘p berilardi”, — deydi u.

    Viki boshi berk ko‘cha — ikki murg‘ak qizni ulg‘aytirish muammosi qarshisida ojiz turardi. Ularga nima ham desin?

    “Birov birovga jo‘yali gap ham aytmadi”, — deydi u. “Dahshatli fojiada otasidan ayrilgan ikki yosh go‘dakni qanday voyaga yetkazish borasida bizga so‘zlab turguvchi durustroq qo‘llanmadan asar ham yo‘q edi”.

    Robinning opasi Amanda bilan uncha murosasi to‘g‘ri kelmasdi. Ular qadrdon do‘st, sirdosh-u, 11-sentabr voqealari bo‘yicha ko‘rgan-bilganlari bir-biriga hadeganda to‘g‘ri kelavermasdi. Amandaning o‘shanda 4 yoshligi, Robinning hali dunyoga kelmagani ziddiyat va tushunmovchiliklarni o‘rtaga tashlardi.

    “Ikkisining o‘rtasida rashkka o‘xshash tuyg‘u bor. Otasi o‘lgach, 11-sentabr yorlig‘ini olgan Robin OAVning nazariga tushdi, bu esa Amandani juda g‘azablantirdi. Robin ham rashkchilikda qolishmaydi. Amandaning otasi bilan o‘tkazgan to‘rt yili bor, singlisida esa yo‘q”, — deydi Viki.
    Har yilning 11-sentabrida Robin ko‘pchilikning diqqat markazida bo‘ladi. “Maktabdaligimda bu juda dahshatli o‘tardi. Hatto tanimagan odamlar ham oldimga kelib: ‘Hoy, ahvollar yaxshimi? Tuzukmisan?’ deganga o‘xshash gaplarni aytishardi. Go‘yo ulardan hamdardlik so‘rashimni va afsuslanib turishimni kutishardi”, — deydi Robin.

    Ba’zi paytlar atrofdagilar uning big‘illab yig‘lashi yoki behad g‘am-g‘ussaga botishini xohlashi qizginani azoblar, yuragiga og‘riq solardi. “Ular holdan toyishimni xohlashadi. Har yili 11-sentabr sanasida, birinchi bino qulagan soat e’lon qilinganda, go‘yo bor voqea ko‘z oldimda gavdalanayotgandek harakat qilishim kerakdek”.

    Bu yil Robin, Amanda va Viki ilk marta Ground Zero’da o‘tkaziladigan “9/11”ning rasmiy marosimida ishtirok etadi. Butun dunyo bo‘ylab tasvirga olish shu qadar ko‘pga cho‘zilganidan Viki “bu yilgisiga ham shunchaki chidab berish kerak” degan qarorga kelgan.

    Robin sal tushkunlikda. Marosimning 20 yilligi o‘tkaziladigan sanadan yetti hafta o‘tib o‘zi ham 20 ga to‘ladi va 29 yoshga yaqinlashayotgani (otasi halok bo‘lgan yosh) haqida o‘ylay boshlaydi.

    “Otam o‘lgandagi yoshga tobora yaqinlashyapman. 30 ga kirganimda otam qilmagan ishlarni qilmoqchiman, ya’ni bolamni bog‘chasiga o‘zim eltib qo‘yaman. Bu haqda o‘ylasangiz, juda chalkashib ketasiz”.
    11-sentabrning 105 go‘dagi (gohi bundanam ko‘p deyishadi) egizak binolar, Pentagon, Shanksvilldan uncha uzoqqa tushmagan United Airlines reysiga qilingan hujum oqibatida ota-onasini yo‘qotgan. Umumiy manzarada 3051 nafar bola yaqinlaridan ayrildi — 11-sentabr fojiasidagi sakkiz qurbondan yetti nafari otalar hissasiga to‘g‘ri keladi.

    O‘tgan yigirma yilini Terri Sirs “11-sentabr bolalari” dunyosini to‘ldirishga bag‘ishladi. U hujumdan keyin tashkil etilgan “Seshanba bolalari” notijorat tashkiloti rahbari bo‘lib, ortda qolgan yetim bolalarni qo‘llab-quvvatlash, ta’minlashga bosh-qosh bo‘lib kelmoqda.

    Marosim arafasida Sirs eski kadrlarni — xayriya tashkiloti dastlabki yillari bolalarni sayohatga olib chiqqan lavhalarni takroran tomosha qildi. Unga og‘ir botgani — yo‘qotishlarning ko‘pligi edi.

    “Nyu-Jersida yoki Long Aylenddagi qirg‘oq bo‘yida tadbir uyushtirib o‘tirarkansiz, minglab bolalarning bari bir kunda ota-onasidan ayrilganiga o‘rtanib ketasiz. Bu shunchalik dahshatli yo‘qotishki... Bugungi manzaraga qarasangiz ham, bari og‘riqli, izi o‘chmagan”.

    Sirs yillar bo‘yi bolalar orasida ko‘rgan-bilganlarini bo‘lishishga harakat qildi. 11-sentabr fojiasining eng yomon tarafi — sen undan ming urinib qochma, baribir, ta’qibidan qutulolmaysan.

    “Har kuni yangiliklarda shu gap bo‘lardi. Darsdan kelib, shunchaki televizorni yoqsang, qulab tushayotgan binolar tasviri yana qalqib chiqaverardi. Shu zayl, 11-sentabr bolalarining ayanchli hikoyalari uzoq yillar omma oldida qayta-qayta qo‘yilaverdi”.

    Sirs ham xuddi Robin Higlidek, boshqalarning zulmi, sendan nimalar kutilishini ta’kidladi. “11-sentabr bolalari”ning juda ko‘pi yillar bo‘yi o‘zlari bilan o‘zlari qolishga urinishayotganini aytardi”, — deydi Sirs. “Birortasi endi ish boshlab, yangi jamoaga qo‘shilsa, kimdir to‘ppa-to‘g‘ri kelib: ‘Eshitdim, otangizni yo‘qotgan ekansiz-a!’ desa juda xafa bo‘lishar, ko‘ngli cho‘kardi. Chunki ularning ko‘pi achinishlarini emas, shunchaki oddiy odamlardek hayot kechirishni istashardi”.

    Mayk Fridman 11-sentabr voqeasi bolalar ustiga qanday soya solganini juda yaxshi biladi. U va egizagi Den otalari o‘lgani kuni 11 ni to‘ldirishgandi.

    “11-sentabr maxsus kun bilan bog‘liq yagona fojia. Shuning uchun hech birimiz unutolmaymiz. Voqea yangiliklar, televizor, internetda tinimsiz aylanadi. Sen esa bundan sira qutulolmaysan. 11-sentabr haftasi yaqinlashgani sari o‘zimni boshqacha sezaman, avvalgidek bo‘lolmayman negadir”, — deydi Mayk.

    Jahon savdo markaziga qilingan hujumdan oldin aka-ukalarning bino bilan aloqador bog‘liqliklari bor edi. Bu egizaklarning juda antiqa tomoni — bo‘yi bilan bog‘liq bo‘lib, Mayk 2 metr-u 10 santimetr, Den esa 2 metr-u 5 santimetrga yetardi.

    Yillar bo‘yi ikkisi o‘qituvchilarniyam qo‘shganda, sinfda eng baland o‘quvchi edi va bu ularga hurmatga to‘la taxallusni ham keltirgandi. Nomni mashhur basketbol yulduzi Mejik Jonson (bolalar sportchini onalarining ish bilan bog‘liq bir tadbirida uchratib qolishgandi): “Ikki egizak binoga omad yor bo‘lsin!” deb dastxat yozib berganida qo‘ygandi.

    Taxallus yopishdi-qo‘ydi. Ancha yillar avval 44 ga kirgan, aksiyalar sotadigan otalari xuddi shu kuni ishga jo‘nab, binoning shimoliy tarafidagi 92-qavatda halok bo‘lgan imoratdek Mayk bilan Den bugun haqiqiy egizak minoralarga aylandi.

    “Voqea yangiliklar, televizor, internetda tinimsiz aylanadi. 11-sentabr haftasi yaqinlashgani sari o‘zimni boshqacha sezaman, avvalgidek bo‘lolmayman negadir”, – deydi Mayk Fridman (o‘ngda). 

    “Voqea yangiliklar, televizor, internetda tinimsiz aylanadi. 11-sentabr haftasi yaqinlashgani sari o‘zimni boshqacha sezaman, avvalgidek bo‘lolmayman negadir”, – deydi Mayk Fridman (o‘ngda). 
    Foto: The Guardian / Dezayr Rios

    Robin Hagli va egizaklar o‘rtasidagi tajribada juda katta farq bor. Qizginadan farqli o‘laroq, aka-uka o‘sha kuni voqealar soyasida hozir bo‘lishgan. Ikkisini maktab ma’muriyati shoshilinch chaqirtirib, otalari ishlaydigan binoga samolyot kelib urilgani, lekin xavotirlanishga hojat yo‘qligi, otalari sog‘-salomatligini aytadi.

    Ular kunning qolgan qismini go‘yo hech qanday hodisa ro‘y bermagandek o‘tkazadi. Qo‘shnining hovlisida o‘ynab-kulishgani, hovuzda cho‘milib, qo‘rada pishirilgan go‘shtdan rohatlanishganini eslashadi.

    Lekin hammasi ertasiga, onalari Liza Fridman Klark ikkisini o‘tirg‘izib: “Bolalar, otangiz qaytib keladi deb o‘ylamayman” deyishi bilan barham topadi.

    Egizak aka-ukalar Mayk (chapda) va Den Fridman otalari Endryu Fridman halok bo‘lgan kuni 11 yoshni qarshilashgan.

    Egizak aka-ukalar Mayk (chapda) va Den Fridman otalari Endryu Fridman halok bo‘lgan kuni 11 yoshni qarshilashgan.
    Foto: The Guardian / Dezayr Rios

    11-sentabr bolalari orasida aloqadorlik yo‘q emas. Robinga o‘xshab egizaklar ham uzoq yillar otalariga nima bo‘lganini bilish payida yuradi. Liza esa eng og‘riqli, yurakni o‘rtaydigan tafsilotlarni o‘g‘illari voyaga yetib, mohiyatni tushungunlaricha tish yorib aytmaydi.

    Shuning uchunmi, ikkisi ham binoning shimoliy qismi yiqitilmagunicha otalari sog‘-salomat bo‘lgani, onalari Liza aytganidek, “havo yetarlicha edi” deb ulg‘aydi. Den esa voyaga yetgunicha 92-qavat mutlaqo xavfsiz, voqealar tugagunicha sokin joy bo‘lgan degan tasavvurda edi.

    Foto: AP Photo

    Egizaklar 20 ni to‘ldirganda onalari bor haqiqatni aytib beradi. “Onamiz bizga otamning bir yarim soat yerga qapishib, do‘zaxda qolib ketganini aytdi. Onam qo‘ng‘iroq qilganida otam tinmay yo‘talayotgan ekan. Ichkarida tutun, devorlar qulayotgan, zinapoyalar yaroqsiz, odamlar qiy-chuv ko‘targan va binodan tashqariga sakrayotgan bo‘lgan. Bularni eshitish azob”.

    11-sentabr bolalarning barchasi yillar bo‘yi shunday xotiralar bilan kurashdi. Fridmanlarga bolalar terapevti alamli og‘riqlardan o‘tib olishda yordam berdi.

    Robin bolaligida bir necha marta paranoya (kamdan kam uchraydigan ruhiy kasallik)dan qiynaldi. Onasidan ajralib qolish o‘yidan siqilar, kinoteatrga kirgudek bo‘lsa ham, kimdir binoni tekshirib, xavfsiz degandan keyingina ko‘ngli joyiga tushardi.

    “Otamning bir kuni ishga ketib, sira qaytib kelmaganini bilib ulg‘aydim. Bu esa meni har qanday joyga borishdan qo‘rqitadi”.

    Foto: Getty Images / Xose Ximenes

    Xotiralar, yodgorliklar vafot etgan otalari bilan mustahkamroq aloqa o‘rnatishda ularga yordam berdi. Oregonlik bir kishi Endryuning eski-tuski ko‘ylaklari, kollejdagi libosidan egizaklarga ko‘rpa tikib bergan, Den esa otasining golf tayog‘ini Long Aylenddagi klubda saqlaydi.

    Robinda somon tiqilgan pushti quyoncha o‘yinchog‘i bor. Otasi tug‘ilajak farzandi qizligini bilgach, rafiqasi Viki bilan sotib olgan ekan. O‘yinchoq uni yillar bo‘yi yupantirdi, achchig‘i chiqqanda jahlini bosishga yordamlashdi. Otasi esa uning kimligini ham bilolmadi.

    “Anchagacha otam mening kimligimni bilolmay ketganidan qiynaldim. Lekin mening qiz farzandligimni bilgan. Menga deb o‘yinchoq olganining o‘ziyoq sal taskin beradi. U mening kimligimni bilgan. Meni o‘ylab quvongan”.
    11-sentabr bolalarining kutilmagan quvonchli onlari ham bo‘ladi. 2011-yilning mayida Usoma bin Lodinning o‘ldirilishi hech biriga teng kelmagan. Robin oilasi bilan opasi Amandaning 14 ga kirganini nishonlayotgan payt uning Pokistonda AQSh “Dengiz mushuklari” (US Navy Seal)ning olti guruhi tomonidan o‘ldirilgani e’lon qilinadi. “Biz buni shokoladli tort bilan nishonladik. Yangilik haqiqatda quvonchli edi”, – deydi u.

    Foto: AFP / Xose Ximenes

    Yillar o‘tgani sayin Robin sira ko‘rmagan otasiga nisbatan hurmati oshib borardi. Bolaligida otasining shamoyili shunchaki suratlari orasida turardi, endi esa uning tasavvurida to‘liq inson gavdalanib ulgurgan.

    Agar jamiki hodisotlarni hisobga olsak, Robin 11-sentabr bolasidan qanday qilib mustaqil kuchli ayolga aylanganidan hayron qoladi. “Ba’zan o‘zimga qarshi shuncha to‘siq ro‘parasida qay tariqa yaxshi tomonga o‘zgara oldim, deb hayron bo‘laman”, — deydi u.

    Uning bor-yo‘g‘i ikki armoni bor. Otasi uning naqadar ochilib-sochilib borayotganini ko‘rishini xohlaydi. “O‘zimdan nechog‘lik faxrlanishimni otam ko‘rishini istardim”, — deydi.

    Boshqa armoni 11-sentabr voqeasi bilan bog‘liq. Gohi otasi o‘z hayotini qurbon qilish evaziga boshqalar jonini saqlab qolgani haqida o‘ylaydi. “U qahramon va bu ishini qadrlayman. Lekin meni g‘ussaga cho‘mdiradigan daqiqalar bor — nega otam o‘sha liftga o‘ziyam chiqa qolmadi?”, — deydi u.

    Mavzuga doir: Terrordan keyingi hayot: 11-sentabr fojiasi sabab otalaridan ayrilgan bolalar

    11.09.2021, 17:11   Izoh (0)   56050
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Bayden 11-sentabr voqealarining 20 yilligi munosabati bilan Amerika xalqiga murojaat qildi

    11.09.2021, 16:12

    Gaiti bosh vaziri prezidentning o‘ldirilishi yuzasidan guvohlik berish uchun prokuraturaga chaqirildi

    11.09.2021, 15:30

    Meksikaning Tinch okeani sohiliga “Olaf” dovuli yetib keldi (video)

    11.09.2021, 14:12

    Terrordan keyingi hayot: 11-sentabr fojiasi sabab otalaridan ayrilgan bolalar

    11.09.2021, 11:01

    AQSh maxfiy xizmati 11-sentabr voqealarini aks ettiruvchi ilgari chop etilmagan fotosuratlarni e’lon qildi

    10.09.2021, 22:57

    “Ayniqsa, shimoldagi qo‘shnilarimizni Afg‘onistondagi terror davlatini tan olishga shoshilmaslikka chaqiraman” — Abdurashid Do‘stum

    10.09.2021, 21:56
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Daryo” dayjesti: 8-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 8 may, 23:20

    Sirdaryo, Namangan va Andijon viloyatlarida qariyb 88 kg giyohvandlik moddalarni olayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 23:04

    Aprelda respublika bo‘ylab 23 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 22:20

    O‘zbekistonda 2024-yilda foydalanishga topshirilgan uylar soni ochiqlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 22:05

    Rossiya va Xitoy boshqa mamlakatlarni Shimoliy Koreyaga nisbatan bosim o‘tkazishdan voz kechishga undamoqda

    Dunyo | 8 may, 21:45

    Surxondaryoda 53 tup Zarafshon archasi noqonuniy kesib tashlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 21:30

    Rossiya va AQSH Yevropaga gaz yetkazib berishni tiklash yo‘llarini muhokama qilmoqda — Reuters

    Dunyo | 8 may, 21:15

    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi

    Reklama | 8 may, 21:00

    Toshkentda sodir bo‘lgan YTHdan so‘ng Onix haydovchisi voqea joyidan ketib qoldi

    O‘zbekiston | 8 may, 21:00

    Isroil G‘azo aholisini ko‘chirish uchun “Gideon aravalari” maxsus operatsiyasini tayyorlamoqda

    Dunyo | 8 may, 20:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.