Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 3-turidan o‘rin olgan o‘yinda “Yuventus” 11-sentabr, shanba kuni “Napoli” bilan bahs yuritdi.

Foto: Getty Images

Neapolda o‘tgan bellashuv 2:1 hisobida mezbonlarning g‘alabasi bilan yakunlandi. Dastlab 10-daqiqida himoyachilarning xatosidan foydalanib, hisobni ochdi. Biroq ikkinchi bo‘limda Matteo Politano darvozabondan qaytgan to‘pni golga aylantirdi. O‘yin tugashi arafasida esa “Yuventus” futbolchilari jarima zarbasida tushunarsiz harakat qildi, bundan esa Kalidu Kulibali unumli foydalandi va hisobni 2:1 ko‘rinishiga olib keldi.

Shu tariqa “Yuventus” Krishtianu Ronaldu jamoadan ketganidan so‘ng A Seriyada ketma-ket ikkinchi o‘yinda mag‘lubiyatga uchratdi.

G‘alabadan keyin “Napoli” 9 ochko bilan musobaqa jadvalida 1-o‘rinda bormoqda. “Yuventus” esa 1 ochko bilan 16-pog‘onada bormoqda.

A Seriya

11-sentabr, shanba

3-tur bahsi

“Napoli” – “Yuventus” 2:1

Gollar: 0:1 – 10 Morata, 1:1 – 57 Politano, 2:1 – 85 Kulibali.

“Napoli” – Ospina, Di Lorenso, Manolas, Kulibali, Mariu Ruy (Malkyui, 90), Fabian Ruis, Zambo-Angissa, Elmaz (Unas, 46), Insinye (Zelinski, 73), Politano (Losano, 72), Osimhen (Petanya, 90).

“Yuventus” – Shchensni, de Shilyo, Kyellini, Bonuchchi, Pellegrini (de Ligt, 57), Rabyo, Lokatelli, Makkenni (Remzi, 72), Kulusevski, Morata (Kin, 82), Bernardeski.

Ogohlantirishlar: Elmaz (31), Lokatelli (45), Losano (88).