Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qashqadaryoda aliment qarzdorligini undirish uchun kelgan MIB xodimiga faol qarshilik ko‘rsatgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda MIBning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Kadr: Telegram

Kadr: Telegram

Ma’lum qilinishicha, E.S. ismli fuqaro sobiq rafiqasi Z.Rahmonovaning bir nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy ta’minoti uchun iyun, iyul va avgust oylariga aliment pullarini to‘lamagani sabab qarzdorligi qariyb 2 million so‘mga yetgan.

Shundan so‘ng MIB xodimlari Rahmonovaning murojaati asosida 24-avgust kuni sobiq turmush o‘rtog‘ining aliment qarzdorligini undirish maqsadida uning uyiga borgan. Qarzdor hamda uning onasiga sud qarorida ko‘rsatilgan talablar tushuntirilib, qarzdorlikni bartaraf etishlari, aks holda qarzdorlik uning mol-mulki hisobidan undirilishi takroran aytilgan.

Qarz to‘lanmaganidan so‘ng, erkakning uyidan bir dona 32 dyuymli rangli televizor xatlab chiqilayotgan vaqtda qarzdor va uning oila a’zolari ijro harakatlariga faol qarshilik ko‘rsatgan. Nojo‘ya so‘zlar bilan xodimlarni haqorat qilib, ularning qo‘l, yuz va tanasining turli qismlariga yengil tan jarohati yetkazib, temir bo‘lagi bilan urgan.

Mazkur holat yuzasidan E.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 219-moddasi (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Buxoroda qarzni undirishga kelgan MIB xodimini kaltaklagan korxona rahbari javobgarlikka tortilgani, Toshkentda MIB xodimi ikki yilda 596 mln so‘mni o‘zlashtirib yuborgani, Andijonda MIB xodimini do‘pposlagan fuqaroga sud hukmi o‘qilgani, Sirdaryoda MIB xodimini kaltaklagan ota-o‘g‘il sudlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Maslahatlar
Raqamli detoks: gadjetlar ta’sirini kamaytirishga yordam beradigan 7 ta maslahat
Mahalliy
Jamshid Qo‘chqorov SHHT tarkibida yangi qo‘mita tuzishni taklif etdi
Mahalliy
Toshkentda 11 yoshli qizga nisbatan uyatsiz, buzuq harakatlar qilgan 54 yoshli erkak qamoqqa olindi