O‘zbekiston milliy terma jamoasi 5-sentabr, yakshanba kuni Shvetsiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etdi.

Foto: O‘FA

Stokgolmda bo‘lib o‘tgan bahsda shvedlar 2:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Uchrashuvning 6-daqiqasida Abdulla Abdullayev qanotdan uzatib berilgan to‘pni o‘z darvozasiga joylab qo‘ydi. 35-daqiqada Isaak Telin hisobni ishonchli ko‘rinishga keltirdi.

71-daqiqada Eldor Shomurodov darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib bordi va hisobni qisqartirdi. Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi.

Qayd etish kerak, bu O‘zbekiston terma jamoasi uchun yangi murabbiy Srechko Katanes qo‘l ostidagi ilk uchrashuv edi.

O‘rtoqlik o‘yini

5-sentabr, yakshanba

Shvetsiya — O‘zbekiston 2:1

Gollar: 1:0 – 6, avtogol Abdullayev, 2:0 – 35 Telin, 2:1 – 71 Shomurodov.

Shvetsiya: Nordfeldt, Yohansson (Sundhren, 62), Danielsson (Klasson, 81), Nilsson, Olsson, Sema, Svanberg (Starfelt, 62), Kayuste, Karlsson, Telin, Kvayson (Larsson, 62).

O‘zbekiston: Eldor Suyunov, Doston Tursunov, Abdulla Abdullayev, Hojiakbar Alijonov (Ibrohimxalil Yo‘ldoshev, 76), Farrux Sayfiyev, Otabek Shukurov, Odil Hamrobekov (Aziz Omonov, 89), Oybek Bozorov (Abror Ismoilov, 51), Jaloliddin Masharipov (Hojimat Erkinov, 89), Farrux Ikromov (Sanjar Qodirqulov, 50), Eldor Shomurodov (Igor Sergeyev, 76).

Ogohlantirishlar: Hamrobekov (52), Ollson (52).