• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.32
    • RUB161.89
    • EUR14822.1
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Oy ostidagi hovli”dan “Hayrat”gacha. Rejissor Zulfiqor Musoqovning ko‘pchilikka noma’lum dramatik filmlari haqida

    O‘zbek kinosi tarixida ismi sharifidan ko‘ra filmlari ko‘proq mashhur bo‘lgan rejissorlar ko‘p emas. Rejissor va kinodramaturg Zulfiqor Musoqov yaratgan kinoqahramonlar rejissoriga nisbatan xalq orasida mashhurroq. Jumladan, Bozorboy va uning “o‘g‘li” Abdullajon, “Osmondagi bolalar” — Hamdam, Lola, Baxtiyor, “Vatan”dagi Binafsha va Qurbon o‘zbek kinomuxlislarining sevimli qahramonlariga aylangan. Kinofilm voqeligida yaratilgan bunday obrazlarning xarakteri, harakati va ularning gaplari qisqa vaqt ichida xalqning “o‘ziniki” bo‘lib ulgurgan. Ijodiy faoliyatini sobiq sovet davrida, boshqacha aytganda, qat’iy sovetcha mafkura talablari asosida boshlagan rejissorning kinomuxlislari qalbini zabt etish siri nimada? “Daryo” kolumnisti Shohida Eshonboboyeva mazkur savolga javob izladi.

    Zulfiqor Musoqov – kinorejissor, ssenarist1958-yil 19-yanvarda Toshkentda tug‘ilgan1981-yil Toshkent Davlat teatr va rassomlik oliygohining rejissorlik fakultetini bitirgan1989-yil Moskva ssenaristlar va rejissorlar Oliy kursini tugatgan1999-yilda “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan2006-yil O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi bo‘lgan2016-yildan Toshkentdagi Focus rejissorlik kursi badiiy rahbari30 dan ortiq filmlar ssenariy muallifi va rejissori15 dan ortiq xalqaro kinofestivallar sovrindori

    1991—2000-yillar

    Sobiq sovet tuzumining yemirilishi pallasida ko‘p sohalar qatori kinoda ham parokandalik yuzaga kelgandi. Kinoteatrlar bo‘shab, tomoshabin g‘arb kinosiga oshufta bo‘lgan bir paytda yaratilgan “Abdullajon yoxud Stiven Spilbergga bag‘ishlanadi” (1991) filmi favqulodda shov-shuv bo‘ldi. Zulfiqor Musoqov bu filmdagi o‘ziga xos kinoxandasi va kinematografik nuqtayi nazari bilan ko‘plab kinomuxlislar mehrini qozondi.

    Rejissor o‘sha paytda mavjud bo‘lgan sovetcha kinoqolipdan butkul voz kechib, mustaqillik davri arafasida ijodiy faoliyatda vujudga kelgan umumtushkunlik kayfiyatiga qarama-qarshi bo‘lgan film suratga olgandi. Fantastik komediya janridagi mazkur film oradan 30 yil o‘tsa hamki, xalqning eng sevimli filmlari reytingidan tushgani yo‘q. Bunga sabab kinodramaturg Rixsivoy Muhammadjonov bilan hamkorlikda yozilgan ssenariyda gap-so‘zlar xalq tiliga nihoyatda yaqinligi, mo‘jizaviy voqea hikoyasida o‘zbekcha lutf va xanda ustun turishi, aktyorlar esa uydirma voqelikda yashay olganidir...

    Birin-ketin suratga olingan “Bomba” (1995), “Yaratganga shukr” (1997), “Kichkina tabib” (1998), “Oyijon” (2000) filmlari ham xalq orasida mashhur bo‘ldi. Kutilmagan syurprizlarga to‘la mazkur kinofilmlarda ikki asosiy xususiyat yarq etib ko‘zga tashlanadi. Birinchisi — sobiq sovet tuzumi tugagach, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan og‘ir o‘tish davrida ushbu filmlar o‘z tomoshabinini sehrli mo‘jizaga ishontira oldi. Uning kichkina tabibi ham, yapon turistini onasiga o‘xshatgan qizcha ham va boshqa kinoqahramonlari ham Musoqov kinohikoyalariga xos bo‘lgan beg‘ubor, soddadil, ayni paytda kutilmagan sir-sinoatlari bilan tomoshabin mehrini qozondi. Ikkinchisi — o‘tish davridagi murakkab psixologik ijodiy tanglik mazkur filmlarda aks etmaganligidadir. O‘zining sobiq sovet davlatlaridagi ayrim hamkasblaridan farqli tarzda rejissor Musoqov sovet tuzumida urf bo‘lgan “xalqlar do‘stligi” tamoyillarini qoralamadi. Aksincha rejissor o‘zi ulg‘ayib, kamol topgan muhitdagi o‘ziga xos — barcha millatlar o‘zaro hamjihatligi prinsipini deyarli har bir asarida namoyish etdi.

    2002—2021-yillar

    Rejissorning “Osmondagi bolalar”, “Vatan”, “Novda” kabi filmlarida avlodlar ulg‘aydi. Mazkur filmlar ssenariysidagi dialoglar muxlislar sevgan iboralarga aylandi. Hozirda o‘zbek kinomuxlislarining har uchtasidan biri Zulfiqor Musoqov suratga olgan filmlardan kamida ikkitasini ko‘rganini aytadi. Biroq ko‘plab muxlislar rejissorning yana bir nechta dramatik janrdagi filmlari xususida ko‘p narsa bilmaydi. Jumladan, “Oy ostidagi hovli”, “Qo‘rg‘oshin”, “Xazonrezgi”, “Berlin—Oqqo‘rg‘on”, “Dadam betob”, “Hayrat” kabi bir qator filmlar fikrimizga misoldir. Quyida 2000—2021-yillar oralig‘ida rejissor yaratgan, biroq ko‘p sonli tomoshabinlarga bir muncha noma’lum bo‘lgan asarlari xususida to‘xtalamiz.

    “Oy ostidagi hovli” (2008) filmida rus kishisining vatan sog‘inchi, o‘zbek xalqiga bo‘lgan mehri aks etadi. Zamon va makondagi o‘zgarishlarning insonga bog‘liq emasligi, hech bir siyosat, ijtimoiy, madaniy, etnik o‘zgarishlar do‘stlik, sog‘inch, muhabbat tuyg‘ularini o‘chirib yubora olmasligi ushbu filmda psixologik drama janrida yoritilgan. Rus va o‘zbek milliy xarakterini g‘ayritabiiy fabula rivojida yoritgan ssenariynavis monolog, dialoglarni ko‘paytirmagan. Aksincha, birgina luqma, ko‘z qarash, aniq ma’noga ega harakat chizig‘ida film g‘oyasini yoritishga uringan. O‘zbekistonda tug‘ilib, voyaga yetgan rus yigiti xarakterida o‘zbek xalqining azaliy qadriyatlari singib ketganini ko‘rish mumkin. Musoqov ijodkor sifatida zo‘rma-zo‘raki sujetlar, sentimental gap-so‘zlardan qochadi. Balki eng qisqa, biroq eng aniq fikrni so‘z va tasvir uyg‘unligida aytishga harakat qiladi...

    “Xazonrezgi” (2015) rejissor Musoqovning “Vatan” va “Qo‘rg‘oshin” filmlari kabi yaqin o‘tmishning unutilmas achchiq haqiqati, urushning inson taqdiriga ko‘rsatgan ta’siri haqida. “Vatan” filmi bosh obrazi kabi “Xazonrezgi”dagi bosh qahramonning ismi ham Qurbon. Buning negaligini izohlashga hojat yo‘q. Urush qachon va qayerda bo‘lmasin qurbonlar bilan urush. Film epizodlaridagi har bir axborot aniq va tugalligi, yuqori vizualligi, yumorga yo‘g‘rilgan lavhalarga boyligi bilan asosiy g‘oya mazmunidan e’tibor uzilmasligini ta’minlaydi. Dramatik lavhalar qanchalik keskin tus olsa, unga qarama-qarshi yumor shunchalik vaziyatni yumshatmoqchi bo‘ladi.

    Kutilmagan sirli telefon qo‘ng‘irog‘i oila boshlig‘ining (aktyor Baxtiyor Rahimov) kayfiyatini buzishi barobarida, dasturxondagi yoqtirgan tayyor taomi o‘rniga rafiqasiga jahl qilib, konservani zo‘r berib ochishga urinayotgan, keyinroq oyoq ostidagi supurgini dast ko‘chaga uloqtirib, birovning boshini yoray degan Qurbonning badfe’lligini oshirsa-da, tomoshabinda tabassum uyg‘otib, obrazga qiziqishni kuchaytiradi. Sirning kaliti topilgunga qadar Qurbonning tongdan shomgacha bosib o‘tgan harakat chizig‘ida unga ro‘baro‘ kelgan “bo‘yi past, boshi kal” Qutbiddinjon ham (singlisi Shahloga oshiq yigit), rafiqasi, ikki farzandi bo‘la turib, ikkinchi xotin orzusida yongan boyvachcha tadbirkor ham, Rustamning sobiq xotini-yu va boshqalar ham mohiyatga yetishni orqaga suradi, lekin tomoshabin zerikmaydi. Ularning har biri bir olam, har biri bosh qahramonning kimligini batafsilroq, mukammalroq yoritilishida muhim yukka ega.

    “Dadam betob” (2017) Musoqovning “dastxati” yaqqol aks etgan filmlardan biri. O‘rgimchak to‘ri misol sujet chiziqlari murakkab qurilgan mazkur filmda har bir obraz alohida yodda qoladi. Bir qarashda bosh qahramon Aziza (aktrisa Feruza Saidova) asosiy yukni tortayotgandek ko‘rinadi. Lekin ashaddiy qotil – Pokiza (Yulduz Rajabova) va uning eri Qodirjon (Bahriddin Abdullayev)ning harakat yo‘nalishi filmning bosh g‘oyasini belgilab beradi. Didaktikadan holi filmda Pokiza va Azizaning hayotga munosabati beixtiyor ravishda qiyoslanar ekan, tomoshabin bu sirli solishtirish jarayonini sezmaydi. Tergovchining (aktyor Farhod Abdullayev) obrazi, turma, ona-bola “taksist”larning mashinasiga o‘tirgan yo‘lovchilar, kasalxona va boshqa hayotiy jarayonlar film fabulasi mayda-mayda fragmentlarga bo‘linib ketganini ko‘rsatadi. Lekin pirovardida film finalida har bir fragment o‘z yukiga egaligi oqlanadi.

    “Berlin—Oqqo‘rg‘on” (2018—2019) kartinasida tamomila boshqacha hikoya uslubi tanlangan. Undagi faqatgina Musoqovga xos parcha-parcha novellalardan iborat yaxlit sujet chizig‘i yaratish uslubi — tomoshabinni film boshidanoq chalg‘itadi. Dedramatizatsiya (noan’anaviy sujet qurilishi) yo‘li bilan yaratilgan film fabulasida o‘zbek qishlog‘i — Oqqo‘rg‘ondagi Qo‘ziboy buva bilan Gulshoda ayaning xotiralari zanjirida Ikkinchi jahon urushi voqealari ham, Rossiya va Germaniya siyosiy o‘yinlari ham, diktatorlar qiyofasi ham jonlangan tarix sifatida namoyon bo‘ladi. Uzuq-yuluq fragmentlar ortidan goh Oqqo‘rg‘onga, goh Berlinga, goh Rossiyaga o‘tib turish tomoshabinning diqqatini jamlashiga xalaqit bersa-da, bu zamonaviy axborotni qabul qilish psixologiyasiga xos qisqa axborotga bo‘lgan ehtiyojga moslashishdir, degan fikr ham xayoldan o‘tadi...

    “Berlin—Oqqo‘rg‘on” filmi mohiyatida millatidan qat’i nazar, har bir inson bilishi muhim bo‘lgan haqiqatlar mujassam. O‘zbekning dehqoni ham, raisi-yu ziyolisi ham qatag‘on balosidan aziyat chekkan bir vaqtda Rossiyada mashhur teatr rejissori Vsevolod Meyerxoldning qamoqqa olinishi, rafiqasining vahshiylarcha o‘ldirib ketilishi, ayni paytda germaniyalik nemis Klaus o‘z rafiqasi Deboraning homiladorligini bilsa ham, qarindoshlariga qo‘shib otib yuborishi (yaxudiy millatiga mansub bo‘lgani uchun) va yillar o‘tib mo‘jiza tufayli omon qolgan ayolning nabirasi o‘z bobosi Klausdan o‘ch olishi lavhalari go‘yo DNK zarralari kabi murakkab parchalardan tashkil topadi.

    Hayratlanarlisi shundaki, muallif bu parchalarni yaxlit film fabulasiga singdirib yubora olgan va film so‘ngida har bir obraz, har bir lavha, har bir epizod xotirada qoladi. “Berlin—Oqqo‘rg‘on” filmida rejissor o‘zigagina xos bo‘lgan hikoya uslubiga sodiq qoladi bu — Musoqov yumori (aktyor Bobur Yo‘ldoshev Stalin obrazida dala shiyponidagi sahnaga chiqib kelganida tomoshabinlar hayrat va dahshatdan qotib qolishlari kabi lavhalar), Musoqov dialogi (qisqa, mazmunli suhbatlar va bexosdan, kutilmaganda aktyorlarning bir-biriga baqirib gapirishlari)...

    “Hayrat” (2020) filmi 2021-yilning yanvarida “O‘zbekkino” Milliy agentligi binosida jurnalistlar, bloger, yozuvchi, shoir, rejissor, talaba va umuman, ziyoli qatlamdan iborat bir guruh tomoshabinlarga namoyish etildi. Ular o‘zining filmdan hayratlanganini yashirmadi. “Hayrat”da bir necha ziyolining qiyofasi mavjud. Boyi ham, olibsotari ham, kursidagisi ham, kursidan uzoq yaqini ham... Bosh qahramon ham ziyoli, lekin uning na boyligi, na kursisi bor. Pul topishi ham o‘rtacha va hatto texnikaga yaqinlik ham shunga yarasha. Ssenariysini mashinkada yozadi. Boshqasini bilmaydi...

    “Hayrat” filmida Musoqov asarlarida qisman aks etib keladigan xususiyat yanada bo‘rtibroq namoyon bo‘lgan. Oddiy tilda mo‘jiza, deb ta’rif berish mumkin bo‘lgan bu holat falsafa tilida nisbiylik nazariyasi deb ataladi. Zotan, bu nazariyaga ko‘ra, vaqt va makon tushunchasi ajralmasdir. Oddiy inson ongida o‘tmish, bugun va kelajak kabi vaqt tushunchasi bir-biriga o‘rnini bo‘shatib beradigan tabiiy bir hol bo‘lsa, “Hayrat” filmidagi ssenariynavisning ongi va hayotidagi sodir bo‘ladigan vaqt oqimlari bu psixologik holatdir.

    Ikkinchi nomi “Alvido, ssenarist” deb atalgan bu filmni rejissor ijodiy murakkab sharoitda suratga oldi. Asarning ilk ko‘rigi bo‘lib o‘tgach, ko‘pchilik ekranda Musoqovning hayotida sodir bo‘lgan noxush voqealarning aksini ko‘rgandek bo‘ldi. Boshqalar insonga xos va hech qachon o‘zgarmas qusur va fazilatlarni ko‘rganini aytdi. Zero, muhabbat va nafrat, sadoqat va xiyonat, rost va yolg‘on — bular inson zotining ruhiyatiga xos xususiyat. Qisqa qilib aytganda, rejissor mazkur filmi orqali juda ko‘p qalbidagi zamir fikrlarini ayta oldi, tomoshabinlarni yana bir bor hayratga soldi...

    Xulosa

    Zulfiqor Musoqovning aytishicha, u 2021-yilda do‘stlarining ko‘magi bilan yana bir film suratga oldi — “Kasallik tarixi”. Bir joyda sodir bo‘ladigan voqea namoyishida rejissorning mahorati yana bir bor namoyon bo‘ladi. Xususan, aktyorlar — Otabek Musayev, Seydulla Moldaxonov, Nigora Karimboyeva, Bobur Yo‘ldoshev bir xonada, faqat so‘z yordamida voqeani anglatadi — nima bo‘lganini ham, nima bo‘layotganini ham va endi nima bo‘lishini ham. Asosan, aktyorlarning ijro mahorati orqali tushuntiriladi. Hammasi oson... Tomoshabinlarga tavsiya etamiz.

    Rejissor Zulfiqor Musoqov ijodida reallik va sirlilik simbiozi ustun turadi. U o‘z asarlari bilan ko‘ngli pok, rizqi halol, qalbi mehrga oshufta insonlar haqida hikoya qilar ekan, bir qarashda oddiy va jo‘n ko‘ringan voqealar, aslida, murakkab sujetlar qorishuvida birikadi.

    Kinodramaturg Rixsiboy Muhammadjonov, rejissorlar — Jahongir Qosimov, Bahodir Odilov, Abduxalil Mignorov, operatorlar — Tal’at Mansurov, Abdurahim Ismoilov, Abduvohid G‘aniyev, Aziz Arziqulov yillar davomida hamisha unga maslakdosh bo‘lib keldi. Keyinchalik farzandlari — Timur va Mariya uning eng yaqin ijodkor do‘stlari bo‘lib ulg‘aydi.

    04.09.2021, 15:33   Izoh (0)   60145
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Kapitalbank Top Employers Institute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Chiroyli davlat raqami va 1 yillik transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasiga ega HAVAL


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    CAEx Mebel & Decor 2025 ko‘rgazmasi 13-15-sentyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi

     

    Tavsiya etamiz

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Latviya davlat xizmatchilarining Rossiya va Belarusiyaga borishini taqiqladi

    Dunyo | 10 iyul, 00:05

    Ozarbayjon va Rossiya o‘rtasidagi mojaro: nega bu ikki tomonlama ziddiyat Markaziy Osiyoda aks-sado bermoqda?

    Dunyo | 9 iyul, 23:45

    Joze Mourinyo sobiq shogirdini “Fenerbahche”ga olib kelmoqchi

    Sport | 9 iyul, 23:30

    “Ikki marta ko‘rgan insonimga turmushga chiqqanman”. Shahzoda Muhammedova oilasi, farzandlari va biznesi haqida gapirdi

    Shou-biznes | 9 iyul, 23:25

    Toshkent 20 yildan keyin qay ko‘rinishda bo‘ladi? Prezidentga yangi reja taqdim etildi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:50

    The Guardian: Grok sun’iy intellekti natsistga aylandi va o‘zini MexaGitler deb atadi

    Dunyo | 9 iyul, 22:45

    O‘zbekistonga go‘sht importi keskin ko‘paydi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.