Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Surxondaryo viloyati Boysun tumanida Malibu haydovchisi harakatlanib ketayotgan “KamAZ”ga pnevmatik to‘pponchadan o‘q uzdi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Voqea 27-avgust kuni soat 16:34 larda tumanning “Shifobuloq” mahallasi hududidan o‘tuvchi M-39 avtomobil yo‘lida yuz began. M.D. Malibu’ni boshqarib borib, shu yo‘lda harakatlanib ketayotgan M.A. boshqaruvidagi “KamAZ” yuk mashinasiga o‘zida bo‘lgan pnevmatik to‘pponcha bilan 2 marotaba o‘q uzgan.

28-avgust kuni D.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “b” bandi (o‘qotar qurolni namoyish qilib, uni qo‘llash bilan qo‘rqitib yoki qo‘llab bezorilik sodir etish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Pnevmatik to‘pponcha, 1 dona magazin va o‘qlar tekshirish uchun hujjatlashtirib olingan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda ko‘chmas mulk, avtomototransportni boshqa shaxsga o‘tkazishda davlat boji miqdorlari kamaytirildi
Mahalliy
Elektr va gazdan shikoyat qilgan fuqarolarni qamoq bilan “ogohlantirgan” deputat o‘z xohishiga ko‘ra ariza yozdi
Mahalliy
O‘zbekistonning katta qismida hafta oxiriga borib anomal sovuq bo‘lishi kutilmoqda