Tokio shahrida Paralimpiya o‘yinlari davom etmoqda. 28-avgust kuni paradzyudo bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilmoqda.

Foto: MOQ matbuot xizmati

-57 kg vazn toifasida O‘zbekiston vakili Parvina Samandarova final bahsida ozarbayjonlik Sevda Valiyevaga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Samandarova vazari bahosi evaziga 1:0 hisobida mag‘lub bo‘ldi va kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Shu tariqa O‘zbekiston delegatsiyasining musobaqadagi medallari 8 ta taga yetdi. Bungacha sportchilar 3 ta oltin, 2 kumush va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritgandi.