Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

O‘zbekistonda 2021-yilning o‘tgan 6 oyida moratoriy davrida 316 ming dona qimmatbaho daraxt asrab qolingan. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda davlat rahbari ta’kidlab o‘tdi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

“Daraxtlarni kesishga moratoriy 2024-yilga qadar uzaytiriladi va javobgarlik keskin kuchaytiriladi.

Shu o‘rinda o‘tgan 6 oyda moratoriy davrida 316 ming dona qimmatbaho daraxt asrab qolingan.

Biroq, shunga qaramasdan, o‘tgan davrda 2,8 mingta qimmatbaho va 2 mingdan ziyod kam qimmatli daraxtlar noqonuniy kesilgan. Bu holatlar Surxondaryoda – 242 ta, Jizzax va Xorazmda – 238 tadan, Navoiyda – 212 ta, Toshkent shahrida – 201 tani tashkil etadi.

Shu bilan birga, ekologiya sohasida qo‘llaniladigan jarimalar miqdori 5 baravar, yetkazilgan zarar uchun kompensatsiya miqdori 2 baravarga oshiriladi”, – dedi Prezident.

Bundan tashqari, Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri va viloyat markazlarida ekologiya politsiyasi tashkil etilishini ham ma’lum qildi.

“Toshkent shahri va viloyat markazlarida ekologiya politsiyasi tashkil etiladi. Uning zimmasiga ekologiya sohasidagi qonunbuzarliklar, jumladan, daraxtlarni ruxsatsiz kesish, brakonyerlik, noqonuniy chiqindilar tashlash kabi holatlarga qarshi profilaktika vazifalari yuklatiladi.

Ekologiya politsiyasi ichki ishlar tizimida faoliyat yuritadi, uning faoliyati o‘zi aniqlagan huquqbuzarliklardan undirilgan jarimalar hamda mahalliy budjet hisobidan moliyalashtiriladi. Ushbu yangi tizim faoliyatini yil yakuniga qadar yo‘lga qo‘yishga ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Bekmurod Abdullayev shaxsan mas’ul bo‘ladi.

Barcha rahbarlar bir narsani aniq eshitib olsin: bundan buyon birorta yashil hudud va jamoat parkida har qanday daraxtlarni kesish qat’iyan taqiqlanadi”, – dedi davlat rahbari.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
“Hayot bizni sinovga tashladi”. Sobiq “Ummon” guruhining xonandasi Jasur Rafiqovning saratonga chalingani aytilmoqda
Dunyo
Rossiyada safarbarlikdan bosh tortish bo‘yicha birinchi jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Dunyo
Shimoliy Koreya o‘zining raketa sinovlarini AQSH va Janubiy Koreya mashg‘ulotlariga “adolatli javob” deb atadi