21-avgust kuni Meksikada “Greys” dovuli oqibatida sakkiz kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Verakrus shtati gubernatori Kuitlauak Garsiya ma’lum qildi. Halok bo‘lganlar orasida olti nafari bolalardir.

Foto: Twitter

Shuningdek, shtat hududida tunda 330 ming kishi chiroqsiz qolgan, elektr uzatilishi asta-sekinlik bilan tiklanmoqda.

Foto: Twitter

Gubernator hudud aholisini ogohlantirishicha, daryolar sathi ko‘tarilishda davom etishi mumkin, tepaliklar qiyaliklari namiqib qolgani sababli esa yer ko‘chishlari yuz berishi mumkin.

Foto: Twitter

“Greys” dovuli Meksikaning Atlantika sohillariga 21-avgust kuni yopirildi. Oqibatda Verakrus, Puebla, Tlaskala, Idalgo, Keretaro va San-Luis-Potosi shtatlari jabrlandi.

Foto: Twitter

Uning tezligi soatiga 201 kilometrni tashkil qildi. Dovul bilan birga kuchli yomg‘irlar ham kirib keldi, yog‘in miqdori 30 santimetrdan ko‘proqni tashkil etdi. Keyinroq dovul susayishi bilan, sinoptiklar uni tropik bo‘ron darajasigacha “tushirdi”.

Foto: Twitter

Dovul yopirilishi munosabati bilan 22 ta munitsipalitetda favqulodda vaziyat rejimi e’lon qilindi.

Foto: Twitter

Bir qator kurort shaharlarda noqulay ob-havo oqibatida vayronagarchiliklar yuzaga keldi. Xususan, mamlakat janubidagi Tulumda elektr va telekommunikatsiya infratuzilmasining 50 foiziga zarar yetdi.

Foto: Twitter

Bundan tashqari, Oton-Blanko va Solidaridad shaharlarida daraxtlar qulashi va yo‘llarning suv ostida qolishi holatlari kuzatildi.

Foto: Twitter

Foto: Twitter

Foto: Twitter

Foto: Twitter

Foto: Twitter