Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida ZoodMall savdo platformasining tashabbusi bilan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

“O‘zbekiston pochtasi”, MyUzCard to‘lov servisi, O‘zbekiston elektron tijorat assotsiatsiyasi, JST va BMT huzuridagi xalqaro savdo markazi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda kichik va o‘rta biznes uchun raqamlashtirish loyihasining ishga tushirilishi va o‘z mahsulotlarini xorij mamlakatlariga eksport qilish uchun ZoodMall savdo platformasining imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi.

Bugungi kunda transchegaraviy onlayn savdo yiliga 20 foiz va undan yuqori darajadagi o‘sishni ko‘rsatmoqda, savdo hajmining umumiy qiymati esa 1,6 trillion dollardan oshgan. B2C platformalari xaridorga to‘g‘ridan to‘g‘ri sotish imkoniyatini taqdim etgan holda B2B o‘rnini bosadi. Bunga sabab ulgurji savdo maydonchalarida (B2B) mahsulot xaridorga yetib borgunga qadar kamida 7 bosqichdan o‘tadi. Bu to‘g‘ridan to‘g‘ri sotish (B2C) tendensiyasi birinchi navbatda kichik va o‘rta biznes uchun foydali.

Misol sifatida aytishimiz mumkinki, elektron tijorat yordamida qishloq hududlari Xitoyning tez rivojlanayotgan iqtisodiyotining bir qismiga aylana oldi. Dehqonlar meva, sabzavot, go‘sht va hunarmandchilik mahsulotlarini Taobao kabi elektron tijorat saytlarida sotishdan boshladi. Bu korxonalarning ba’zilari shu qadar muvaffaqiyatga erishdiki, ularni qo‘llab-quvvatlash uchun “Taobao qishlog‘i” nomli alohida dastur yaratildi.

O‘zbekistonning qishloq hududlarida faoliyat olib borayotgan kichik va o‘rta biznes subyektlari ham ZoodMall platformasi yordamida Xitoydagi kabi imkoniyatlarga ega bo‘lishadi. Respublikada 300 mingdan ortiq kichik va o‘rta biznes subyektlari faoliyat ko‘rsatmoqda va ularning soni har yili 7—10 foizga oshib bormoqda, chakana savdoning katta qismi kichik va o‘rta biznesga to‘g‘ri keladi.

Biroq tadbirkorlarning juda oz qismi mahsulotlarining elektron savdosini tashkil etish imkoniyatiga ega. Mahsulotlar va xizmatlarning atigi 0,6 foizi internet orqali sotilgan. Qozog‘istonda ushbu ko‘rsatkich 9 foizni tashkil qiladi.

Buning sabablari oddiy:

  • zarur bilim va tajribaning yo‘qligi;
  • xorijiy davlatlardan keladigan pul oqimi bilan bog‘liq muammolar;
  • xaridorlarning o‘zbek mahsulotlari bilan tanish emasligi;
  • reklama va marketingning yuqori narxi;
  • yetkazib berish va logistika bo‘yicha tajriba hamda malakaning yetarli emasligi.

Yurtimizda kichik va o‘rta biznes yalpi ichki mahsulotning qariyb 60 foizini ishlab chiqarishini va bu ko‘rsatkich Qozog‘iston (25,6 foiz) va Rossiyaga (20 foiz) nisbatan yuqoriligini inobatga oladigan bo‘lsak, O‘zbekiston raqamlashtirish orqali xalqaro bozorlarga chiqish uchun barcha imkoniyatlarga ega.

Yuqoridagi faktlarni inobatga olgan holda, ZoodMall mahalliy tadbirkorlarga o‘z platformasini taklif etmoqda. Hozirda ZoodMall mijozlarining soni 7 milliondan ortgan.

ZoodMall bir necha yillardan beri xalqaro bozorlarda muvaffaqiyatli faoliyat olib bormoqda va O‘zbekiston bilan bir qatorda Qozog‘iston, Ozarbayjon, Iroq, Livan, Iordaniya, Saudiya Arabistoni va Quvayt iste’molchilarining ishonchini qozonib kelmoqda. Hozirgi kunda platforma import/eksport kanallarini yaratishga va birlashtirishga, mahalliy to‘lov shlyuzlarini ulashga va tadbirkorlar eksport qilish imkoniyatiga ega bo‘lishi uchun mahalliy guruhlarni joylashtirishga erishgan.

“Biz O‘zbekiston, Iroq va Livandagi savdo va buyurtmalar bo‘yicha birinchi raqamli platformamiz. O‘zbekistonda 2021-yilning 7 oyi davomida biz 200 000 dan ziyod jo‘natmalarni yetkazib berdik. Bu degani kuniga mingta jo‘natma va yuklarning 30 foizga oylik o‘sishidir. Biz yangi eksport yo‘nalishini ishlab chiqishga va taklif qilishga qaror qildik, chunki birinchi navbatda O‘zbekistonda rivojlanayotgan ko‘plab sifatli kompaniyalar borligiga ishonamiz. Buni ko‘ryapmiz, ba’zilari ZoodMall bilan ishlayapti.

Ikkinchidan, O‘zbekiston eksport uchun zarur bo‘lgan barcha asosiy infratuzilmani, ya’ni mahsulotlarni yetkazib bera oladigan logistika kompaniyalarini, to‘lovlarni amalga oshirishga yordam beradigan to‘lov xizmatlarini, shuningdek, savdo maydonchalarini va raqamli savodxonlikni oshirish nuqtayi nazaridan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashga o‘z hissamizni qo‘shmoqchimiz”, — deb fikr bildirdi ZoodMall bosh direktori Askarbek Alshanbayev.

Elektron tijoratning rivoji uchun zarur bo‘lgan eng asosiy faktorlardan biri bu — ishonchli logistika tizimi. Bu yo‘nalishda “O‘zbekiston pochtasi” bilan hamkorlikda ish olib borilmoqda. Natijada platforma orqali savdo qiladigan kichik va o‘rta biznes 2000 dan ortiq pochta bo‘limlarining xizmatlaridan foydalanish imkoniyati taqdim etiladi. Loyiha doirasida tadbirkorlar mahsulotlarni pochta orqali jo‘natishda 50 foiz chegirmaga ega bo‘lishadi.

Loyiha doirasida MyUzcard va ZoodPay tizimlari kichik va o‘rta biznes vakillarining operatsion faoliyatini qo‘llab-quvvatlashni ham amalga oshiradi. Mijozlarning ishonchini qozonishda ZoodPay tizimi tomonidan ishlab chiqilgan “Hozir xarid qiling — keyinroq to‘lang” (BNPL) modelining o‘rni juda muhim. Tizim yordamida mijoz avval mahsulotni qo‘liga oladi, so‘ngra tegishli rejaga muvofiq to‘lovni amalga oshiradi.

Reklama huquqi asosida.