O‘zbekiston va dunyo bo‘ylab 18-avgust kuni olingan suratlarni namoyish etamiz.

Marokash harbiy-havo kuchlari samolyoti 200 gektar o‘rmonni yo‘q qilgan yong‘inni o‘chirishga urinyapti.

Foto: AFP

Germaniya Qurolli Kuchlari (Bundesver)ning ikkita A400M samolyoti Kobuldan Toshkentga 400 dan ortiq odamni evakuatsiya qildi. Belgilangan fuqarolarning evakuatsiya qilinishini ta’minlash uchun O‘zbekiston tomoni alohida terminal ajratdi.

Foto: Germaniya Mudofaa vazirligi

Janubiy Koreyada koronavirus bilan kasallanishning 1805 ta yangi holati qayd etildi.

Foto: EPA

Edinburgda har yili o‘tkaziladigan Fringe Arts festivalida chiqish qilishdan oldin mashg‘ulot o‘tkazayotgan Bromance sirk truppasi.

Foto: Getty Images

Germaniya tomonidan evakuatsiya qilgan afg‘onistonlik bolalar Toshkent aeroportiga tushishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Foto: Germaniya Mudofaa vazirligi

Bangladeshda botqoqlikda o‘suvchi nilfiya gullarini yig‘ib olish jarayoni.

Foto: “TASS”

Kaliforniyadagi “Diksi” o‘rmon yong‘inlarining oqibatlari.

Foto: “TASS”

Shveysariyadagi tog‘ dovoniga nemis ijodkorlari Volfgang Ayxner va Tomas Xyuberning “Nihoyat” deb nomlangan soat shaklidagi badiiy installyatsiyasi o‘rnatildi.

Foto: EPA

Saxalinda “Bumerang” va “Okean do‘stlari” nodavlat notijorat tashkilotlari Oxot dengizidagi 64 dengiz mushugini bo‘yniga ilakishib qolgan plastik chiqindilardan ozod qildi.

Foto: “TASS”

Chaman shahri yaqinidagi Afg‘oniston va Pokiston o‘rtasidagi nazorat-o‘tkazish punkti.

Foto: AP Photo

Moskva viloyatidagi haykaltarosh Vitaliy Shanov va me’mor Konstantin Fomin “Knyaz Aleksandr Nevskiy askarlari bilan” deb nomlangan yodgorlik majmuasining kompozitsiyasini yig‘ish jarayoni.

Foto: EPA

Yangi Zelandiyada bir kishida koronavirus aniqlangach, milliy lokdaun e’lon qilindi.

Foto: EPA

Xitoyda guruchning turli navlarini yetishtirish natijasida hosil qilingan daladagi tasvirlarni ko‘rish uchun tashrif buyurgan sayyohlar.

Foto: AFP

Londonda erta tongdan Jägermeister Coffee Haus kafesining ochilishini kutib turgan odamlar.

Foto: Shutterstock

Londonda parlament binosi oldida afg‘on qochqinlari tarafdorlari namoyish o‘tkazdi.

Foto: Shutterstock

Isroildagi Givat Yorim tog‘ining tepasida joylashgan yonib ketgan daraxtlar bilan o‘ralgan moshav (qishloq).

Foto: AFP

Fransiyaning shimoli-g‘arbidagi Kaburg sohilida pufakchalar bilan o‘ynayotgan bolalar.

Foto: AFP

Hindiston politsiya xodimlari musulmonni hind nazoratidagi Kashmir shtatining Shrinagar shahrida diniy yurishda qatnashgani uchun hibsga oldi.

Foto: AP Photo

Norvegiyaning Trolltunga mintaqasidagi qoyada to‘y marosimini o‘tkazayotgan juftliklar.

Foto: Reuters

Germaniyaning Frankfurt shahridagi Old Opera teatri oldida sovun pufakchalari bilan o‘ynayotgan bolakay.

Foto: AP Photo

Hindistonning Chennai shahridagi Birla plenetariyasida Soyasiz kunda kuzatuv moslamasidan foydalanayotgan ayol. Ushbu kunda peshin vaqti quyosh tushib turgan obyektlar soya hosil qilmaydi. Bu odatda dunyoning turli joylarida har xil vaqtda sodir bo‘ladi.

Foto: EPA

Rim Papasi Fransisk Vatikanda stol futboli o‘ynamoqda.

Foto: Reuters