Italiyada Sitsiliya orolidagi Etna vulqoni 9-avgust kuni otila boshladi. Bu haqda Rai News xabar bergan.

Foto: EPA

Xabarga ko‘ra, vulqon, taxminan, tungi soat 01:40 da otila boshlagan va tong vaqti bilan soat 05:00 atrofida to‘xtagan. Vulqon baland ovoz chiqargan va otilgan lava oqimi yuqori bo‘lgan.

Vulqon otilgan vaqtda hududda 4,5 magnitudali zilzila ham sodir bo‘lgan. Hodisa tufayli Kataniya aeroportidan amalga oshiriladigan reyslar kechiktirilgan.

Sitsiliyadagi Etna vulqoni deyarli bir oy avval, 2021-yil 8-iyulda otilgandi.

Avval Indoneziyada Merapi vulqoni otila boshlagani, Sumatra orolidagi vulqon shaharlarning kul bilan qoplanishiga sabab bo‘lgani haqida xabarlar berilgandi.