Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Adliya vazirligi yo‘l harakati xavfsizligi sohasini tartibga soluvchi qonun hujjatlariga o‘zgartirish kiritishni taklif etuvchi qonun loyihasini muhokamaga e’lon qildi. Adliya vazirligi xabarida aytilishicha, tuzatishlar eng yaxshi xorijiy tajribani hisobga olgan holda ishlab chiqilgan.

Unga ko‘ra:

  • muddati o‘tgan sug‘urta polisi yoki sug‘urta polisida nazarda tutilmagan shaxs avtotransport vositasini boshqarganligi uchun jarima miqdori ikki baravarga kamaytirilmoqda (amalda 245 ming so‘m, endilikda 122,5 ming so‘m etib taklif etilmoqda);
  • transport vositalari egalari tomonidan sug‘urta polisini olmaganlik uchun jarima fuqarolar uchun ikki baravarga (amalda 245 ming so‘m, endilikda 122,5 ming so‘m etib taklif etilmoqda), mansabdor shaxslarga esa uchdan bir qismga (amalda 735 ming so‘m, endilikda 490 ming so‘m etib taklif etilmoqda) kamaytirilmoqda;
  • fuqarolar tomonidan valyuta qiymatliklarini noqonuniy olish yoki o‘tkazish uchun jarima miqdori BHMning o‘n baravaridan (2 million 450 ming so‘m) yigirma baravarigacha (4 million 900 ming so‘m) bo‘lgan miqdor oralig‘ida belgilanmoqda (amalda qat’iy miqdorda — 4 million 900 ming so‘m etib belgilangan);
  • buxgalteriya hisobi va hisoboti tartibini buzganlik uchun mansabdor shaxslarga nisbatan jarimalar miqdori deyarli ikki baravarga kamaytirilmoqda (amalda 1 million 200 ming so‘mdan 2 million 400 ming so‘mgacha, endilikda 735 ming so‘mdan 1 million 700 ming so‘mgacha, bir yil ichida qayta sodir etilganda amalda 2 million 400 ming so‘mdan 4 million 900 ming so‘mgacha, endilikda 1 million 700 ming so‘mdan 2 million 400 ming so‘mgacha etib belgilash taklif etilmoqda);
  • yo‘lovchilarni litsenziyasiz tashish bilan shug‘ullanganlik uchun jarima miqdori uch baravarga kamaytirilmoqda (amalda fuqarolar uchun 4 million 900 ming so‘mdan 24 million 500 ming so‘mgacha, endilikda 1 million 700 ming so‘m etib, mansabdor shaxslar uchun 12 million 200 ming so‘mdan 36 million 700 ming so‘mgacha bo‘lsa, endilikda 7 million 300 ming so‘m etib belgilash taklif etilmoqda);
  • pasport tizimi qoidalarini buzganlik uchun jarimalar miqdori ikki baravardan ham ko‘proqqa kamaytirilmoqda (223-modda);
  • O‘zbekiston fuqarosi pasport olmagani yoki uning shikastlanishi, yo‘qolgani, shuningdek, chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning O‘zbekistonda yashash guvohnomasi bo‘lmagani, yashash guvohnomasining shikastlangani yoki yo‘qolgani uchun amaldagi 122 ming so‘mdan 735 ming so‘mgacha bo‘lgan jarima miqdori 81,6 ming so‘mdan 245 ming so‘mgacha bo‘lgan miqdorgacha etib belgilash taklif qilinmoqda;
  • Fuqarolar tomonidan shaxsini tasdiqlovchi hujjati bo‘lmagan, vaqtincha yoki doimiy ro‘yxatdan o‘tmagan fuqarolarni turar joy binolarida yashashga ruxsat berganlik uchun amaldagi 2 million 400 ming so‘mdan 735 ming so‘mgacha etib belgilash taklif qilinmoqda.
Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan qonun loyihasida, shuningdek, transport vositalari haydovchilariga qulayliklar yaratuvchi quyidagi yangiliklar ko‘zda tutilgan:
  • haydovchilarga transport vositasini boshqarayotganda qo‘llarini ishlatmasdan muloqot qilish imkonini beruvchi minigarnituralar va boshqa texnik qurilmalar orqali telefondan foydalanish huquqi berilmoqda. Shuningdek, transport vositasini boshqarayotganda telefondan foydalanish huquqbuzarligini jazo qo‘llanilgandan so‘ng bir yil davomida takroran sodir etilgandagi kuchaytirilgan javobgarlik chorasi bekor qilinmoqda;
Hujjatda qayd etilishchicha, bugungi kunda deyarli barcha zamonaviy transport qurilmalari texnik aloqalar qurilmalari bilan jihozlangan bo‘lib, ular qo‘llardan foydalanmagan holda telefonda muloqot qilish imkonini beradi. Ko‘pgina mamlakatlarda, shu jumladan, AQSh, Rossiya, Qozog‘iston, Polsha va boshqa mamlakatlarda bluetooth orqali, telefon orqali muloqot qilishga ruxsat berilgan.
  • avtomobil salonining old qismiga monitor (displey) o‘rnatganlik uchun ma’muriy javobgarlik bekor qilinmoqda;
  • haydovchilarga, agarda ularning O‘zbekiston Respublikasida berilgan biometrik pasporti yoki ID-kartasi yonida bo‘lsa, transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi hujjatlarni, tex. pasport, sug‘urta polisini yonida olib yurmasdan transport vositasini boshqarish huquqi berilmoqda;
Bunda, ushbu hujjatlar mavjudligi DYHXX xodimi tomonidan elektron tizim orqali transport vositasi to‘xtatilgan joyda mustaqil tekshiriladi. Mazkur yangilikni amaliyotga joriy qilish maqsadida Ichki ishlar vazirligiga kerakli integratsiya ishlarini 2021-yil 1-dekabrga qadar yakunlash vazifasi yuklatilmoqda.
  • harakat tezligini o‘lchashda tezlikni o‘lchaydigan maxsus qurilmalar tomonidan qayd etilgan tezlik ko‘rsatkichlaridan qurilmalar tomonidan yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan soatiga 5 kilometrlik nuqsonni ayirib tashlash bo‘yicha qoida joriy etilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Navro‘z bayrami bilan tabrikladi
Mahalliy
Qamchiq dovonida neft mahsuloti ortilgan maxsus yuk mashinasi ag‘darilib ketdi
Mahalliy
O‘zbekistonda 22-mart kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi