Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Futbol bo‘yicha Fransiya chempionatining 2021/22-yilgi mavsumi start oldi. 6-avgust kuni start olgan 1-tur o‘yinlari 7-avgustda davom ettirildi.

Foto: “PSJ”

Foto: “PSJ”

“PSJ” safarda “Trua”ga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvning 9-daqiqasida Ualid al-Hajam maydon egalarini oldinga olib chiqdi. Bunga parijliklar birinchi bo‘limdayoq Ashraf Hakimi va Mauro Ikardining gollari bilan javob qaytardi. Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi va “PSJ” mavsumni g‘alaba bilan boshladi.

Yana bir o‘yin “Lion” va “Brest” jamoalari o‘rtasida kechdi. Unda tomonlar 1:1 hisobidagi durangni qayd etdi.

6-avgust kuni “Monako” va “Nant” o‘rtasidagi bahs ham durang bilan yakun topgandi.

Liga 1

1-tur bahslari

7-avgust, shanba

“Trua” — “PSJ” 1:2

Gollar: 1:0 – 9 al-Hajam, 1:1 – 19 Hakimi, 1:2 – 21 Ikardi.

“Trua”: Gallon, Jirodon, Azamum, al-Hajam (Bani-Zukru, 87), Kone, Kabore, Shambos (Balde, 63), Tardye, Kuame, Tuzgar (Kuxarevich, 80), Ripar.

“PSJ”: Navas, Hakimi, Kimpembe, Kerer, Diallo, Veynaldum, Draksler (Ebimbe, 76), Errera, Danilu Pereyra, Ikardi, Mbappe (Sarabiya, 90).

Ogohlantirishlar: Kimpembe (33), Hakimi (45), Ikardi (70), Kone (89), Sarabiya (90).

“Lion” — “Brest” 1:1

Gollar: 0:1 – 43 Kardona, 1:1 – 62 Slimani.

“Lion”: Antoni Lopesh, Gyusto, Marselo, Lukeba, Dyubua, Tiago Mendes (Slimani, 60), Auar, Kakre, Toko-Ekambi, Dembele, Sherki (Lukas Paketa, 60).

“Brest”: Bizot, Per-Gabriel (Fossurye, 77), Shardonne, Brassye, Uronen, Belkebla (Manetti, 18), Fevr, Mbok, Munye, Onora (Dyuvern, 78), Kardona (Le Duaron, 65).

Ogohlantirishlar: Manetti (67), Slimani (90).

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Daryo” kundaligida sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Putin taklifiga binoan 7-oktabr kuni Rossiyaga boradi
Mahalliy
Dunyoda koronavirusni yuqtirish holatlari 6 foiz, o‘lim ko‘rsatkichi esa 12 foizga kamaydi