Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

O‘zbekiston Prezidentining 2020-yil 29-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6013-son farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida korrupsiya holatlari haqida Korrupsiyaga qarshi kurash agentligini xabardor qilish imkonini beruvchi maxsus dasturiy ta’minot ishlab chiqildi.

Internet tarmog‘idagi mazkur eanticor.uz dasturi test rejimida ishga tushirilgan bo‘lib, unda korrupsiya holatlari haqidagi murojaatlarni to‘rtta shaklda, ya’ni:

  • “Korrupsiyaga duch keldim va pora berishga majbur bo‘ldim”
  • “Korrupsiyaga duch keldim va pora bermadim”
  • “Pora bilan bog‘liq bo‘lmagan korrupsiyaga duch keldim”
  • “Halol ishlaydigan davlat xizmatchisini uchratdim” kabi mavzularda yuborish mumkin.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi eanticor.uz orqali berilayotgan korrupsiya holatlari haqidagi murojaatlarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqishi bilan bir qatorda berilgan murojaatlar asosida sohalardagi korrupsion holatlarni tahlil qiladi va o‘tkaziladigan tahlil natijalariga ko‘ra korrupsiyaga imkon yaratayotgan omillarni bartaraf etish choralari ko‘riladi.

Jumladan, korrupsiyaga yo‘l ochib berayotgan normalarni o‘zgartirish, bekor qilish yoki qonunchilikka tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalarni kiritish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi va ularni amalga oshirish choralari ko‘riladi.

Shuningdek, “eanticor.uz” dasturiy ta’minoti orqali fuqarolarning korrupsiyaga oid murojaatlari asosida vazirlik, idoralar, viloyat va tumanlarning statistik reytingini kuzatib borish imkoniyati yaratildi.

Bunda tegishli idoralar mutasaddilari reytingdan tegishli xulosalarni chiqargan holda korrupsiyaga sabab bo‘layotgan omillarni bartaraf etish choralarini ko‘rishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Hozirda mazkur tizimda yanada qulayliklar yaratish maqsadida dastur takomillashtirib borilmoqda.

Bundan avval O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashda hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo hujjatlar imzolagani, Oliy sud raisi o‘rinbosari korrupsionerlarga nisbatan tayinlangan jazolar yengillashtirilmasligini aytgani hamda Bosh prokuror o‘rinbosari o‘tgan 4,5 yilda korrupsiya oqibatida davlat va fuqarolar manfaatiga qancha zarar yetganini ma’lum qilgani haqida xabar qilingandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Gonsalo Iguain futbolchilik faoliyatini yakunlashini ma’lum qildi
Mahalliy
Chirchiqdagi korxonada yuz bergan portlashda hech kimga zarar yetmagan — “O‘zkimyosanoat”
Dunyo
Qozog‘iston: KXSHT Ukrainaga qarshi urushda qatnashmaydi