Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Buxoroda XVI asrda qurilgan “Abdullaxon” madrasasi devorining bir qismi 30-iyul kechasi o‘pirilib tushgandi. Viloyat hokimligi bunga ko‘p yillik texnogen jarayonlarni sabab qilib ko‘rsatdi. Madaniy meros agentligining Buxoro viloyat boshqarmasi ushbu holatga o‘z munosabatini bildirdi.

Foto: Telegram / Bukhara Info

Foto: Telegram / Bukhara Info

Unda aytilishicha, haqiqatdan ham, ko‘p yillik texnogen jarayonlar (issiq va sovuq iqlim, yog‘ingarchiliklar va yerosti suvlarining ko‘tarilishi) ta’sirida 2021-yilning 30-iyul kuni, taxminan, soat 14:45 da “Abdullaxon” madrasasi orqa tomon devorining bir bo‘lagi o‘pirilib tushgan. Shu kunning o‘zida Buxoro viloyati Madaniy meros boshqarmasining mutaxassislari birinchilardan bo‘lib voqea joyiga yetib bordi va holat yuzasidan tegishli tashkilotlarga xabar qilgan.

Mazkur holatdan xabar topgan Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov 2-avgust kuni barcha mutasaddi tashkilotlar bilan “Abdullaxon” madrasasiga yetib kelgan va holat bo‘yicha Madaniy meros agentligi direktori o‘rinbosari-bosh me’mor B.Matchonov ham taklif qilindi.

Foto: Telegram / Bukhara Info

Foto: Telegram / Bukhara Info

Ushbu holat bo‘yicha Madaniy meros agentligining viloyat boshqarmasi, Buxoro shahar hokimligi, restavratorlar va soha mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tuzilib, joyida o‘rganish o‘tkazildi. Shunga ko‘ra, tezkor chora-tadbirlar belgilanib, Respublika Madaniy meros agentligidan ekspertlar jalb qilindi va “Abdullaxon” madrasasining orqa qismi devorining o‘pirilib tushgan bo‘lagini belgilangan tartibda tegishli loyiha asosida qayta tiklash va zaruriy restavratsiya ishlarini tashkil etish ishlari kelishib olindi.

“O‘zbekiston Prezidentining 2021-yil yanvarda Buxoro viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar va kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan yig‘ilish bayoniga ko‘ra, tezkor ta’mirlanishi kerak bo‘lgan 40 ta madaniy meros obyekti ro‘yxatiga “Abdullaxon” madrasasi ham kiritilgan.

Ayni paytda “Madaniy Meros LITI” MChJ tomonidan ancha avval boshlangan obidani ta’mirlash-tiklash bo‘yicha loyiha hujjatlari deyarli tayyor bo‘lib, loyiha bo‘yicha tegishli tashkilotlarning xulosasi olingandan so‘ng ta’mirlash-tiklash ishlari tezkorlik bilan boshlanishini ma’lum qilindi. Loyiha hujjatlari kelishilgunga qadar, obyektdagi devorlarni mustahkamlash va tirgaklar qo‘yish ishlari olib boriladi.

“Hozirda viloyat Madaniy meros boshqarmasi va Buxoro shahar hokimligi tomonidan obyektning qulagan qismi o‘rab olinib, hududda harakatlanishni taqiqlash bo‘yicha muhofaza belgilari o‘rnatib chiqildi hamda madrasaning o‘zida doimiy faoliyat yurituvchi ‘shtab’ tashkil etildi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, obidani to‘liq ta’mirlash va tiklash ishlari uchun, taxminan, 6 milliard so‘m miqdorida mablag‘ talab etiladi.

Foto: Telegram / Bukhara Info

Foto: Telegram / Bukhara Info

Ushbu obidaning Umumbashariy qiymatini saqlash, unda tiklash, restavratsiya va ta’mirlash ishlarini amalga oshirish bo‘yicha olimlar, restavratorlar va malakali mutaxasislar tomonidan o‘rganishlar o‘tkazilgan holda zarur chora-tadbirlar belgilanishi haqida hukumatga aniq takliflar yuborildi”, — deyiladi Madaniy meros agentligining Buxoro viloyat boshqarmasi xabarida

Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning mayida Shahrisabzda Amir Temur sharafiga bunyod etilgan “Ko‘k gumbaz” masjidi devori o‘pirilib tushgandi. “Ko‘k gumbaz” masjidi “Dor ut-tilovat” majmuasi tarkibida bo‘lib, 2016-yil qayta ta’mirlangan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonliklar uchun Haj va Umra narxlarini arzonlashtirish muhokama etildi
Mahalliy
Prezident O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotladi (ro‘yxat)
Mahalliy
Samarqandda fuqaro 5 tup qarag‘ayni kesib, tabiatga salkam 90 mln so‘m zarar yetkazdi