2-avgust kuni olingan sara suratlarni namoyish etamiz.

Islandiyaning sharqiy sohilida Atlantika puffiniga hujum qilib, o‘lja talashyotgan chag‘alay.

Foto: Legion Media

Kabulda afg‘on ayollari qarshisida “Tolibon” rejimi nozik jins vakillariga nisbatan inson huquqlarini buzayotgani haqida maruza qilayotgan faol.

Foto: AFP

Gruziyada xalqaro Agile Spirit 2021 harbiy mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tmoqda.

Foto: EPA

Boliviyaning tub aholisi yer va unumdorlik ma’budasiga an’anaviy qurbonlik keltirmoqda.

Foto: “TASS”

Meksikadagi metro vagonida Santa Muerte (Muqaddas o‘lim) haykallarini ko‘tarib turgan ikki yigit.

Foto: Shutterstock

Londondagi Qirollik zarbxonasi Alisa mo‘jizalar mamlakatida kitobi qahramonlari – Tvidledum va Tvidledi tasvirlangan 5 funtlik tanga chiqardi.

Foto: PA

Keniyalik dehqon Amina Guyo uyining yonidagi yer uchastkasida kunning asosiy taomini tayyorlash uchun nohot va uning barglarni yig‘yapti. Amina Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan chigirtka bosqinidan keyin tiklash ishlarining qatnashchilaridan biri hisoblanadi.

Foto: Getty Images

LDP rahbari Vladimir Jirinovskiy Moskvadagi Rossiya armiyasi, aviatsiyasi va flotiga ko‘ngilli ko‘maklashish jamiyatining bo‘limiga tashrif buyurdi.

Foto: EPA

Idlibda muxolifat nazorati ostidagi hududda yashayotgan Nura Xeymish va uning oilasi.

Foto: Getty Images

Barselonada shahri ustidagi yomg‘irli bulut va yashin.

Foto: Getty Images

Rossiya shaharlarida Havo-desant kuchlari kuni nishonlandi.

Foto: EPA

Isroilda 60 yoshdan oshgan odamlarni Pfizer-BioNTech vaksinasining uchinchi dozasi bilan emlash boshlandi.

Foto: “TASS”

Olimpiadada uch hatlab sakrash bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi musobaqada qatnashayotgan sportchi Rugi Diallo.

Foto: Getty Images

Xitoy hukumati COVID-19 tarqalishini to‘xtatishning hali beri iloji yo‘qligini ma’lum qildi.

Foto: Getty Images

Rossiyada koronavirus pandemiyasi tufayli ichki turizmga talab oshdi. Suratda: Lipetsk viloyatidagi Kudykina Gora tabiiy bog‘i.

Foto: EPA

Berlindagi koronavirus cheklovlariga qarshi 13 marta norozilik namoyishi o‘tkazildi. So‘ngi kungi namoyishlarda 600 ga yaqin odam hibsga olindi.

Foto: Getty Images

Sitsiliyadagi Etna vulqoning otilishi.

Foto: Getty Images

Xitoyning Shansi provinsiyasidagi botqoq yerlardagi milliy bog‘ida o‘sgan nilufar gullar.

Foto: Getty Images

Germaniyadagi kungaboqar dalasi uzra quyosh botyapti.

Foto: Getty Images

Gretsiyada anomal issiq havo kuzatilmoqda, mamlakatning ko‘p joylarida havo harorati 42 darajaga yetdi.

Foto: EPA

Turkiyadagi Bodrum shahrining turar joy binolari va bir nechta mehmonxonalar joylashgan sharqiy chekkasida yong‘inning xavflu o‘chog‘i paydo bo‘ldi.

Foto: Getty Images

Kuchli shamol Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonsonning xizmat soyabonini teskari qilib yubordi. Uels shahzodasi Charlz esa vazir bilan nima sodir bo‘layotganidan bexabardek o‘tiribdi.

Foto: Getty Images