Daryo

Zomin tog‘larida yana yong‘in yuz bergani rad etildi

Ta’kidlanishicha, vaziyat to‘liq nazorat ostida

1 daqiqa o‘qish55 200 ko‘rishlar0 izoh0

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Zomin tog‘larida yana yong‘inmi?” sarlavhali xabarga Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, 2021-yilning 1-avgust kuni soat 10:40 larda Zomin tumanida ro‘y bergan yong‘in soat 18:20 larda bartaraf etilgan bo‘lib, hozirda hududda yong‘indan keyingi tozalash ishlari amalga oshirilmoqda.

Hududda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi (FVDT) organlari shaxsiy tarkibi va maxsus texnikalari faoliyat yuritmoqda.

Ta’kidlanishicha, vaziyat to‘liq nazorat ostida.

Bundan  avval Jizzaxdagi Zomin tog‘larida yuz bergan yong‘in o‘chirilgani haqida xabar berilgandi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar