Boks bo‘yicha +90 kg vazn toifasida harakat qilayotgan O‘zbekiston vakili Bahodir Jalolov 1-avgust kuni Tokio—2020 Olimpiadasi chorak finalida ishtirok etdi.
Unga hindistonlik Satish Kumar raqib bo‘ldi. Jang o‘zbekistonlik bokschining katta ustunligi ostida o‘tdi va Jalolov yakunda 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Shu tariqa Bahodir yarim finalga yo‘llanma oldi va kamida bronza medalni naqd qilib qo‘ydi. Amaldagi jahon chempioni yarim finalda Frezer Klark (Buyuk Britaniya) bilan kuch sinashadi.