Kanadalik mohir suzuvchi Margaret Maknil Tokiodagi Olimpiadada 100 metr masofaga batterfley usulida suzish bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritib, mamlakati hisobiga birinchi oltinni olib berdi. Bu ayol o‘z g‘alabasi haqida deyarli barchadan keyin xabar topgan — ko‘rish qobiliyatining pastligi sabab 21 yoshli sportchi tablodagi natijani ilg‘ay olmagan, deb xabar beradi Meduza.

Foto: Sinxua

Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari, ayniqsa, ko‘rish qobiliyati past bo‘lgan insonlar hayoti ko‘zoynak va linzasiz qanday sarguzashtlarga boy bo‘lishini tushundagilarning sportchini qo‘llab-quvvatlagan.

Eslatib o‘tamiz, Olimpiya o‘yinlari 23-iyul kuni boshlangan bo‘lib, 8-avgustga qadar davom etadi. O‘zbekiston delegatsiyasi 17 ta sport turi bo‘yicha 65 ta yo‘llanmaga ega bo‘lgan.