Daryo

Toshkentda yo‘ldan o‘tayotgan 61 yoshli kishi yuk mashinasi urib yuborishi oqibatida halok bo‘ldi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, tergov olib borilmoqda

1 daqiqa o‘qish26 662 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkentning Yakkasaroy tumanida piyoda o‘limi bilan yakunlangan YTH yuz berdi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

27-iyul kuni taxminan soat 13:00 da Yakkasaroy tumanidagi Bobur va Boxodir ko‘chalari kesishmasida Shacman rusumli yuk avtomobili haydovchisi belgilanmagan joydan yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan.

Oqibatda 1960-yilda tug‘ilgan piyoda X.T. olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida halok bo‘lgan.

Xabarda aytilishicha, holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov olib borilmoqda.

Bundan avval Toshkentning Yakkasaroy tumanida Nexia-2 urib yuborishi oqibatida 17 yoshli yigit, Yashnobod tumanida Matiz urib yuborishi oqibatida 65 yoshli fuqaro, Mirobod tumanida Tracker urib ketishi oqibatida 56 yoshli piyoda voqea joyida vafot etgandi. Mavzuga doir:

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar