Daryo

Toshkentda 17 yoshli yigit Nexia-2 urib yuborishi oqibatida vafot etdi

Piyoda yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tayotgan bo‘lgan

1 daqiqa o‘qish25 433 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkentning Yunusobod tumanida 17 yoshli yigit Nexia-2 urib yuborishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

26-iyul kuni taxminan soat 18:30 da Yangi Yunusobod ko‘chasida S.X. Nexia-2 boshqarish davomida yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan.

YTH oqibatida 2004-yilda tug‘ilgan piyoda A.T. badan shikastlari bilan shifoxonaga yetkazilgan, ammo tibbiyot xodimlarining sa’y-harakatlariga qaramasdan, vafot etgan.

Xabarda aytilishicha, holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odam o‘limiga sabab bo‘lishi) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov olib borilmoqda.

Avvalroq Toshkentning Yashnobod tumanida Matiz urib yuborishi oqibatida 65 yoshli fuqaro, Mirobod tumanida 20 yoshli ayol boshqaruvidagi Tracker urib ketishi oqibatida 56 yoshli piyoda voqea joyida vafot etgandi. Mavzuga doir:

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar