Daryo

Toshkentda 20 yoshli ayol boshqaruvidagi Tracker urib ketishi oqibatida 56 yoshli piyoda voqea joyida vafot etdi

Haydovchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport harakati qoidalarini buzish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan

1 daqiqa o‘qish80 988 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Toshkent shahar IIBB

Toshkent shahri Mirobod tumanida 20 yoshli haydovchi boshqaruvidagi Tracker piyodani urib ketdi, deya xabar bermoqda shahar IIBB matbuot xizmati.

Foto: Toshkent shahar IIBB

Qayd etilishicha, 2021-yil 13-iyul kuni soat 06:40 larda Mirobod tumanidagi Nukus va Mirobod ko‘chalari kesishmasida Tracker avtomobilini (davlat raqami 01 X 814 AB) boshqarib borgan 20 yoshli L.Z. ismli ayol boshqaruvni yo‘qotib 56 yoshli piyoda M.Y.ni urib yuborgan.

Piyoda badan shikastlari oqibatida voqea joyida hayotdan ko‘z yumgan.

Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan haydovchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport harakati qoidalarini buzish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bundan avval Namanganda Nexia urib yuborishi oqibatida 7 yoshli bola vafot etgani, Namanganda Damas bilan to‘qnashgan Labo haydovchisi vafot etgani hamda Qoraqalpog‘istonda avtobus va yuk mashinasi ishtirokida sodir bo‘lgan YTH oqibatida ikki kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar