O‘tgan hafta Xitoyning Xenan provinsiyasida kuchli yog‘ingarchilik oqibatida suv toshqinlari kuzatilgan edi. Oqibatda 60 ga yaqin fuqaro halok bo‘lgan, qariyb 1 million kishi provinsiyadan evakuatsiya qilingan, 600 ming gektar qishloq xo‘jaligi yerlari suv ostida qolgan. Tabiiy ofat yetkazgan umumiy zarar 2 milliard dollardan oshadi, deb xabar beradi IXBT.

Foto: IXBT

Hozirda Xitoy provinsiyasi sekin-asta normal hayot tarziga qaytmoqda, shu bilan birga, odamlar cho‘kib ketgan mulklarini topyapti — ular orasida 80 mingdan ortiq transport vositasi ham bor. Shuningdek, elektron qurilmalar, jumladan, smartfonlar ham suv ostida qolgan.

Xitoy ijtimoiy tarmoqlarida tarqalgan videoda uning muallifi Huawei Mate 30 Pro smartfoni uch kun suv ostida qolib ketganini so‘zlagan. Qayta topilgan telefon nafaqat yongan, balki o‘zining barcha funksiyalarini to‘liq bajara boshlagan.

Huawei Mate 30 Pro modeli chang va namlikdan IP68 darajasi bo‘yicha himoyalangan, ammo bu smartfon suv ostida bir necha kun qolishini kafolatlamaydi.

Huawei kompaniyasi bepul servis va turli qurilmalariga 50 foizli chegirma e’lon qilib, Xenan provinsiyasidagi suv toshqinlari oqibatlariga qarshi kurashishda yordam ko‘ratmoqda.

Avvalroq Huawei Mate 40 va iPhone 12’ning suv o‘tkazmaslik qobiliyati kir yuvadigan mashinada “tekshirib ko‘rilgani” to‘g‘risida xabar berilgandi.