Tokio shahrida o‘tayotgan Olimpiadada 26-iyul kuni Zaynab Dayibekova o‘z ishtirokini davom ettirmoqda.

Foto: Getty Images

Qilichbozlikning sablya yo‘nalishida O‘zbekiston nomidan chiqayotgan Zaynab Dayibekova dastlabki bosqichda yaponiyalik Aoki Chikani 15:9 hisobida mag‘lub etdi. 1/16 finalda o‘zbekistonlik qilichboz Osiyo o‘yinlari finalchisi xitoylik Yatsi Shaoni 15:10 hisobida taslim etdi.

Dayibekovaning keyingi raqibi Janubiy Koreya vakili Ji Su Yon bo‘ldi. Ushbu jangda 18 yoshli o‘zbekistonlik qilichboz 15:12 hisobida g‘alaba qozondi. Shu tariqa musobaqada 35-raqamda saralangan Dayibekova kuchli sakkizlikka kirishga muvaffaq bo‘ldi.

Uning keyingi jangi Toshkent vaqti bilan 11:25 da boshlanadi. Unda Dayibekova musobaqaga 6-raqamda saralangan vengriyalik Anna Martonga qarshi bellashadi.