2021-yilning 22-iyul kuni Nyu-Yorkda har yili o‘tkaziladigan iPhone Photography Awards 2021 natijalari e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “Afisha.uz” nashri.
Vengriyalik fotojurnalist Istvan Kerekesh “Transilvaniyalik cho‘ponlar” fotosurati bilan gran-priga sazovor bo‘ldi. Rasmda ikki g‘amgin cho‘pon qahraton qish fonida qo‘zilarni ushlab turgani tasvirlangan. Jonivorlarning beg‘uborligi atrofning xiraligi bilan kontrast hosil qilgan.
“Yil fotografi” nominatsiyasida birinchi o‘rin “Muloqot” surati uchun hindistonlik Sharan Shettiga berildi. Unda sahroda odam va uning oti tasvirlangan.
Ikkinchi o‘rin xitoylik fotograf Den Lyuga “Mars bo‘ylab sayr” nomli Marsda yurgan astronavtning surati uchun nasib etdi.
Uchinchi o‘rin amerikalik Jef Reynerga “Havodagi sayr” ko‘chada sakrayotgan qizchaning surati uchun berildi.
“Sayohat” nominatsiyasi bo‘yicha rossiyalik Tatyana Merzlyakovaning “Shimol yog‘dusi sehri” fotosurati g‘olib bo‘ldi.
Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni “Kosmik sayohatga tayyorgarlik” (Isroil) va “Musulmonning yuragi” (Saudiya Arabistoni) fotosuratlari egalladi.
Shuningdek, qo‘shimcha 17 nominatsiya bo‘yicha Avstraliya, Germaniya, Bangladesh, Xitoy, Gretsiya, Vengriya, Italiya, Isroil, Gollandiya va boshqa mamlakatlar g‘oliblariga ham sovg‘alar topshirildi.
Eslatib o‘tamiz, har bir nominatsiya bo‘yicha birinchi o‘rin egalari unvon va sertifikatlardan tashqari, oltin, ikkinchi va uchinchi o‘rin egalari platinadan yasalgan yombi bilan taqdirlanadi.
Mavzuga doir:
- Bird photographer of the year tanlovining finali uchun eng yaxshi fotolar saralab olindi
- World Photography Awards tanlovining eng yaxshi suratlari taqdim etildi (foto)
- Yovvoyi tabiatning eng yaxshi suratlari tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan kadrlar (foto)
- Beva qolgan ikki pingvinning surati xalqaro mukofotga loyiq ko‘rildi
Izoh (0)